22:35 03 Avgust 2020
Efir
  • RUB142.37
  • EUR11896.04
  • USD10207.69
Jamiyat
Havola olish
631 0 0

Semirish – bu odatiy parhez yordam berishi mumkin boʻlgan holat emas. U nimaga bogʻliq? Bu haqda shifokor diyetolog Aleksey Kovalkov Sputnik radiosiga soʻzlab berdi.

Semirish - bu odamning tana ogʻirligi yogʻli toʻqima tufayli oʻrtacha meʼyordan 20%ga koʻpayadigan holat.

BSST ekspertlarining baxolariga koʻra, semirish davrimizning global epidemiyasi hisoblanadi.

Shifokor-diyetolog va “Korrektsiya vesa” klinikasining rahbari Aleksey Kovalkov oddiy parhez sogʻlom odamlarning vaznini tuzatishga yordam beradi deb ishonadi, ammo semirishni davolash bilan faqat mutaxassislar shugʻullanishi kerak.

“Agar siz semirishdan aziyat chekayotgan boʻlsangiz, siz nima qilsangiz ham, vazniz qoʻshilaveradi. Agar siz ochlikni qoʻllashni boshlasangiz ham, uni toʻxtatishingiz bilan, yanada koʻproq vaznni yigʻasiz. Agar odam semirsa va unda ortiqcha vazn boʻlsa, demak unda kasallik bor. U tibbiy kasalliklar tasnifiga kiritilgan,  va boshqa kasalliklar singari shifokor tomonidan davolanishi kerak. Yaxshiyamki, uni davolasa boʻladi. Gap oʻzingizni parhez bilan cheklashda emas, balki muammoni bir marta batamom hal qilib qaytib azoblanmaslikda”, - dedi Aleksey Kovalkov.

Aleksey Kovalkov tanadagi gormonal buzilishlarni semirishning eng keng tarqalgan sababi deb ataydi. Shu bilan birga, mutaxassisning fikriga koʻra, zararli oziq-ovqat qoʻshimcha vazn qoʻshishi mumkin, ammo bu kasallikka sabab boʻlmaydi.

“Koʻpincha tanadagi gormonlarning nomutanosibligi semirishga olib keladi. Shuningdek, irsiy moyillik yoki hayotning birinchi yillarining taʼsiri boʻlishi mumkin, ammo odatda bu yogʻ yoqish va yogʻ saqlash gormonlarining nomutanosibligidir. Barcha parhezlar bu jarayonni vaqtincha toʻxtatishning bir usuli hisoblanadi holos. Gormonlar nomutanosibligi shifokorlar tomonidan aniqlanadi va davolanadi”, - xulosa qildi shifokor diyetolog.

Asosiy mavzular