YuNESKO va YeI O‘zbekistonning qishloq joylarida aholi turmushini yaxshilashga yordam beradi

© Press-slujba Goskomturizma YuNESKO i Yevropeyskiy Soyuz pomogut uluchshit jizn naseleniya v selskoy mestnosti Uzbekistana
YuNESKO i Yevropeyskiy Soyuz pomogut uluchshit jizn naseleniya v selskoy mestnosti Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aziz Abduhakimov bu kabi islohotlarning asosiy maqsadi hatto eng olis hududlar va qishloq joylarda ham mahalliy aholi turmush sifati va farovonligini oshirishdan iborat ekanini ta’kidladi.

TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. O‘zbekiston, YuNESKO va Yevroittifoq  “O‘zbekistonning qishloq hududlarida ishga joylashish ko‘nikmalarini rivojlantirish” dasturini yo‘lga qo‘ymoqda.

Dastur 4-yilga mo‘ljallangan.  Loyihaning umumiy summasi 9,6 million yevroni tashkil qiladi.

Yangi loyihaning maqsadi qishloq xo‘jaligi hamda irrigatsiya sohalarida texnik va professional ta’limni takomillashtirish, respublikaning qishloq joylarida ishga joylashish ko‘nikmasini rivojlantirishga ko‘maklashishdan iboratdir. 

“Bu loyiha Hukumatimizning asosan kornavirus pandemiyasidan zarar ko‘rgan, ish o‘rinlari va daromadlarini yo‘qotgan qishloq aholisini rag‘batlantirishga doir sa’y-harakatlariga hissa qo‘shish nuqtayi nazaridan ham juda dolzarbdir. Bundan tashqari, COVID-19 pandemiyasidan keyingi davrda yosh avlodni tarbiyalash va ularning kelajakdagi qiyinchiliklarga bardosh bera olish ko‘nikmalarini oshirishga yordam beradi”, - dedi bosh vazir o‘rinbosari, O‘zbekistonning YuNESKO masalalari bo‘yicha Milliy komissiyasi raisi Aziz Abduhakimov o‘z nutqida. 

Kupuri amerikanskix dollarov - Sputnik O‘zbekiston
JB O‘zbekistonga qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish uchun 500 million $ ajratadi

Dastur bilan kollejlarda ta’lim berish va tayyorlash jarayonlarini modernizatsiya qilinadi, kollejlarni boshqarish, qishloq xo‘jaligida ko‘nikmalarni rivojlantirishning yangi usullarini tatbiq etiladi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligini yuritishning xalqaro va milliy innovatsiyalarga asoslangan yangi usullarini tatbiq qilinadi.

Mazkur dastur qishloq hududlardagi ishchilarni yangi zarur ko‘nikmalar bilan ta’minlaydi: yuqori texnologik qishloq xo‘jaligi, takomillashgan mexanizatsiya, masofaviy zondlash, GIS/GPS uchuvchisiz uchar qurilmalaridan foydalanish, robototexnika, biotexnologiya, yirik ma’lumotlar va sun’iy intellekt tahlilini qo‘llash kabilar shular jumlasidandir. 

2018-2019 yillarda “Obod qishloq” davlat dasturi doirasida 895 qishloq infratuzilmasini modernizatsiyalash va obodonlashtirish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi. Aholining 2020-2022 yillardagi demografik o‘zgarishlari va ehtiyojlarini inobatga olgan holda, “Obod qishloq” dasturi bo‘yicha O‘zbekistondagi 800 qishloq ta’mirlandi va obodonlashtirildi.

Yangiliklar lentasi
0