06:47 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
1224 0 0

2017 yilning oxirida Grachyovaning turmush oʻrtogʻi ayolni bir necha marotaba oʻrmonga olib borgan va oʻldirish bilan tahdid qilgan. Rashk oʻtida yongan erkak Margaritaning qoʻllari panjalarini chopib tashlagan, u oybolta bilan kamida oʻnta zarba bergan.

TOSHKENT, 29 iyul — Sputnik. Moskva viloyati Serpuxov shahrida istiqomat qiluvchi eri rashk tufayli qoʻllarini chopib tashlagan Margarita Gracheva, sentyabrda turmushga chiqmoqda. Ayol bu haqda oʻzining instagramida yozib qoldirgan.

"Hozirda faol tayyorgarlik ketmoqda, umid qilamanki, virus bizga halal bermaydi", - deb yozgan u.

Internet foydalanuvchilarining aksariyati Margaritani kutilayotgan tantanali marosim bilan qutlashga shoshilganlar. Ammo rossiyalik bu ayolni oʻzini "piar qilishda" ayblaganlar ham topilgan.

Gracheva "360"ga bergan izohida, bu singari iddaolar unga sira taʼsir qilmasligini aytgan.

"Xeyterlar hamma narsaga munosabat bildiradilar. Har bitta harakatni muhokama qiladilar. Men bu holatga hotirjam qarayman, boʻlib oʻtgan voqealar tufayli maʼlum maʼnoda mashhur boʻlib ketdim. Shunchaki, bundaylarga umuman javob bermayman", - degan ayol.

Margarita jurnalistlarga toʻy tafsilotlarini oshkor qilmagan. Uning soʻzlariga koʻra, agar kelajakda jamoatchilik bilan shaxsiy hayoti ikir-chikirlari haqida oʻrtaqlashish istagi paydo boʻlsa, balki shunday qilar ham.

2017 yilning oxirida Grachyovaning turmush oʻrtogʻi ayolni bir necha marotaba oʻrmonga olib borgan va oʻldirish bilan tahdid qilgan. Rashk oʻtida yongan erkak Margaritaning qoʻllari panjalarini chopib tashlagan, u oybolta bilan kamida oʻnta zarba bergan.

Sud erkakni 14 yillik qatʼiy tartibdagi koloniyaga mahkum etdi hamda ikki million rubl miqdorida kompensatsiya toʻlash majburiyatini yukladi. Grachyova sudning bu qaroriga eʼtiroz bildirgan. Shifokorlar ayolning bitta qoʻlini saqlab qolishga muvaffaq boʻlganlar, ikkinchisiga esa protez oʻrnatilgan.

Margaritaning tan olishicha, u mushukni silayaptimi yoki yostiqni, ajrata olishga qodir emas.

Ammo uy ishlarini mustaqil bajara oladi. Shunday boʻlsada, mayda motorika bilan bogʻliq muammolar bartaraf boʻlmagan, misol uchun, Margarita zakolka qaday olmaydi, tugmani yecholmaydi.

"Shuningdek, yozolmayman", — degan u. Protez yordamida ayol faqatgina imzo cheka oladi.

Asosiy mavzular