03:11 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1161)
229 0 0

Pandemiya boshlangan vaqtdan buyon Otabekov doimiy ravishda omma oldida paydo boʻlib, Respublikadagi epidemiologik vaziyat haqida maʼlumot berib kelayotgan edi. 

TOSHKENT, 30 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston Sanitar-epidemiologik nazorati xizmati bosh epidemiologi Nurmat Otabekovda COVID-19 aniqlandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 

"Test natijalariga koʻra Nurmat Satiniyazovich COVID-19 bilan kasallangani aniqlandi. Kasallik yengil koʻrinishda kechmoqda, hozir u kishi shifoxonada kerakli mulajalarni olmoqda", - dedi muassasa vakili. 

Otabekovning oʻzi mahalliy OAVlarga bergan intervyusida ushbu kasallikni koronavirusga chalingan bemorlar bilan uchrashgan vaqtida yuqtirgan boʻlishi mumkinligini aytib oʻtdi. Bosh epidemiolog pandemiya boshlangan kundan beri doimiy ravishda omma oldida paydo boʻlib, Respublikadagi epidemiologik vaziyat haqida maʼlumot berib kelayotgan edi. Undan tashqari shifokor davolash muassasalarida boʻlib, bemorlar bilan ham uchrashgan.  

Otabekov soʻnggi marotaba omma oldida 27 iyul kuni paydo boʻlgan edi. 

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1161)

Asosiy mavzular