23:13 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1173)
198 0 0

Hozirda mamlakatda 9 803 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 365 nafari ogʻir, 172 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

TOSHKENT, 30 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus bilan kasallangan soni 287 nafarga koʻpayib, 22 872 nafarga yetdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Yangi kasallanganlarning 58 nafari Toshkent shahridagi karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 116 nafari Toshkent viloyatida, 43 nafari Samarqand viloyatida, 23 nafari Andijon viloyatida, 15 nafari Surxondaryo viloyatida, 11 nafari Navoiy viloyatida, yana 11 nafari Namangan viloyatida hamda 10 nafar Qashqadaryo viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

"Hozirda mamlakatimizda 9 803 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ulardan 365 nafari ogʻir, 172 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda", - deyilgan xabarda.

Shu paytga qadar 12 937 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (57 foiz) sogʻaygan. 132 nafar bemor virus qurboniga aylangan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1173)

Asosiy mavzular