Farg‘ona viloyatidagi sport zallar ham shifoxonaga aylantirildi

© Press-slujba xokimiyataV Tashkente pereoboruduyut sportkompleksi v gospitali - foto
V Tashkente pereoboruduyut sportkompleksi v gospitali - foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Farg‘ona, Marg‘ilon hamda Qo‘qon shaharlaridagi sport ta’lim muassasalarining mavjud sport zallarida koronavirus bemorlari uchun joy tayyorlangan.

TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Farg‘ona viloyatidagi qator sport zallar shifoxonaga aylantirildi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, Farg‘ona viloyatida ham koronavirus bilan kasallangan bemorlar uchun joriy yilning 1-avgust holatiga ko‘ra 12 600 ta zaxira joy tayyorlanishi rejalashtirilgan edi va maqsadga erishildi.

Buning uchun viloyatdagi xususiy shifoxonalar hamda 14 ta katta sport zallarda ham qayta moslashtirish ishlari olib borildi.

V Tashkente pereoboruduyut sportkompleksi v gospitali - foto - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda sport majmualari shifoxonaga aylantirilmoqda

“Jumladan, Farg‘ona, Marg‘ilon hamda Qo‘qon shaharlaridagi sport ta’lim muassasalarining mavjud sport zallarida shu kunga qadar koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemorlar uchun jami 805 nafar fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida davolanish joylari tayyorlandi”, - deyilgan xabarda.

Bemorlarga shart-sharoitlar yaratish maqsadida sport zallar xona-xonalarga bo‘linib, har bir xonaga sanitariya ehtiyoj anjomlari va tibbiy jihozlar o‘rnatilmoqda.

Xususan, 500 dan ortiq kislorod konsentratorlari va sun’iy nafas oldirig apparatlari olib kelingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda sport majmualari shifoxonaga aylantirilayotgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0