TOShKENT, 30-iyul - Sputnik. Yozuvlarning maxfiyligi ovozli yordamchini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan ta’minlanadi. Agar foydalanuvchining qurilmasiga zararli dastur tushib qolsa, bu dastur ovozlarni yozib olib, “xakerlar”ning tashqaridagi serverlariga yuborishi mumkinligini istisno qilib bo‘lmaydi. Bu haqda “Praym” agentligiga “Infosistemi Djet” kompaniyasi Axborot xavfsizligi markazining maslahatchisi Aleksandr Rogozin ma’lum qildi.
“Natijada jinoyatchilar har qanday ma’lumotni, allaqanday parollardan tortib biznes uchrashuvlaridagi muzokaralar mazmuniga qadar, olishlari mumkin. Barchasi foydalanuvchi va jinoyatchiga bog‘liq”, - deydi ekspert.
Uning ta’kidlashicha, mikrofoni bor har qanday qurilma aslida atrof-muhitdagi tovushlarini yozib olishi mumkin, xoh u telefon yoki aqlli dinamik bo‘lsin. Odatda ularga ovozli yordamchi o‘rnatiladi. U nutqni yozib olib, uni tanib olish uchun serverga yuboradi. Ovozli so‘rovlar yoki buyruqlar aniqlanganida, yozuv serverda saqlanib qolishi mumkin va misol uchun, matnli reklama uchun ishlatilishi mumkin.