04:16 06 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Jamiyat
Havola olish
42001

Ishlab chiqilgan stsenariylardan biriga koʻra, maktablar har bir tumandagi epidemiologik vaziyatga qarab, oʻquv yilini ham oʻqishga qatnashgan holda, ham masofadan boshlaydi.

TOSHKENT, 30 iyul - Sputnik. Xalq taʼlimi vazirligi oʻquv yili boshlanishining uchta stsenariysini ishlab chiqdi.

Pervыy zamestitel ministra narodnogo obrazovaniya Usman Sharifxodjayev
Ministerstvo narodnogo obrazovaniya Uzbekistana

Buning uchun Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa idoralar mutaxassislari bilan birgalikda tegishli tadqiqotlar oʻtkazildi.

Tayyorlangan stsenariylarning birinchisiga asosan, epidemiologik vaziyat barqarorlashgani sayin, maktablar odatdagi tarzga qaytadi. Umumjahon statistik maʼlumotlarga koʻra, maktab yoshidagi bolalar kattalarga qaraganda COVID-19 kasalligiga kamroq chalinadi va kasallikni bolalardan kattalarga oʻtishi xavfi katta emas.

Agar Sogʻliqni saqlash vazirligi virus hamon faol va uni maktab oʻquvchilari orasida yuqtirish ehtimoli yuqori degan xulosaga kelsa, oʻquv yili onlayn rejimida boshlanadi.

Xalq taʼlimi vazirligi uchinchi stsenariyni ham taklif qiladi. Maktablar har bir tumandagi epidemiologik vaziyatga qarab, ham oʻqishga bevosita qatnashgan holda, ham masofadan turib ishlaydi. Darslarga qatnashish erkin boʻladi, yaʼni agar ota-onalar oʻz farzandlarining sogʻligʻiga xavfsirasa, masofadan turib oʻqitish rejimiga oʻtishlari mumkin.

Yakuniy qarorni respublika maxsus komissiyasi eʼlon qiladi.

Taʼkidlash joizki, karantin qoidalarining oʻzgartirilishiga qaramay, Xalq taʼlimi vazirligi maktab oʻquvchilari va oʻqituvchilarga qoʻshimcha yordamga aylanadigan onlayn sinflar amaliyotini davom ettiradi.

Asosiy mavzular