22:40 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
42801

Birinchi sentyabrdan boshlab yoshga doir pensiyalar, bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga, zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar miqdori 1,1 baravar oshiriladi.

TOSHKENT, 30 iyul — Sputnik. Prezident farmoni bilan 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab yoshga doir pensiyalar, bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga, zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar miqdori 1,1 baravar oshiriladi.

Farmonga muvofiq, 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida:

- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 262 470 soʻm;

- eng kam yoshga doir pensiyalar – oyiga 513 350 soʻm;

- bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa – oyiga 513 350 soʻm;

- zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 315 030 soʻm etib belgilandi.

Asosiy mavzular