22:12 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
359 0 0

Transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish shaklidagi chora faqat sud qarori bilan qoʻllanilishi mumkin.

TOSHKENT, 30 iyul — Sputnik. Agar sodir etilgan huquqbuzarlik uchun qonunchilikda transportni boshqarish huquqidan mahrum etish tarzidagi jazo qoʻllash belgilangan boʻlsa, haydovchilik guvohnomasi YPX xodimi tomonidan olib qoʻyilishi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi eslatma bilan chiqdi.

Haydovchilik guvohnomasi tortib olinayotganida, huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomaga va haydovchiga moʻljallangan maxsus talonda yozuv kiritishlari shart.

Qonunga koʻra, YPX xodimlari quyidagi holatlarda mashina egasidan hujjatni olib qoʻyish huquqiga ega.

Haydovchilik guvohnomasini olib qoʻyilishi sabablari:

  • huquqbuzar vakolatli shaxslarning talablariga qaramay, noqonuniy xatti-harakatni toʻxtatmaganida;
  • haydovchi bir yil ichida qonunbuzarlikni takroran sodir etgan boʻlsa, shuningdek, sudlangan boʻlsa;
  • qoidabuzar jinoyatga voyaga yetmagan farzandini jalb qilgan boʻlsa;
  • jinoyat bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan boʻlsa;
  • transport vositasi egasi tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar sharoitida noqonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirgan boʻlsa;
  • haydovchi harakatlanish paytida mast boʻlsa. Ushbu holat tekshiruvchi mansabdor shaxsning qarori bilan ogʻirlashtiruvchi deb tan olinmasligi mumkin.

Taʼkidlanishicha, transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish chorasi faqat sud qarori bilan qoʻllanilishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz: Oʻzbekistonda eski koʻrinishdagi haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish muddati 2021 yil 31 dekabrgacha uzaytirildi. Transport vositasida eskirgan hujjatlar 2022 yil 1 yanvardan boshlab kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadi.

Asosiy mavzular