08:59 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
437 0 0

Alisher Shodmonov Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida statsionar sharoitda rejali davolash muolajalarini olmoqda.

TOSHKENT, 30 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov rejali davolash muolajalarini olmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, vazir Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida statsionar sharoitda davolanmoqda.

Xabarda vazirning ahvoli qoniqarli ekani qoʻshimcha qilingan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Sanitariya-epidemiologik nazorati davlat inspektsiyasi boshligʻi Nurmat Otabekovda koronavirus aniqlangani xabar qilingan edi. Unda kasallik yengil koʻrinishda kechmoqda.

Asosiy mavzular