22:51 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
432 0 0

Ob-havo syurprizlarni keltirib chiqarmoqda: Rossiya poytaxti aholisi iyul oyida qor yogʻishini boshdan kechiradi deb kim oʻylagan.

TOSHKENT, 30 iyul - Sputnik. Moskvaning janubiy-gʻarbida, Zyuzino tumanida qor yogʻdi. Avvalroq, meteorologlar poytaxtda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi, ammo qishdagi kabi yogʻingarchilik haqida umuman gap boʻlmagan.

Biroq, sinoptiklar yengil yoz qorida hech qanday gʻayritabiiy narsani koʻrmadilar va bu yozda sodir boʻlib turadigan oddiy hol ekanligini maʼlum qilishdi.

"Bular mayda doʻl boʻlaklari boʻlib, ular shunchaki bulutlar ichra oʻtayotib erib ulgimagan. Shuning uchun ularning rangi qattiq jismli yogʻingarchiliklarga xos. Bu hodisada gʻayrioddiy narsa yoʻq, u har yili boʻlib turadi", - dedi Rossiya Gidrometeorologiya markazining bosh mutaxassisi Marina Makarova “Izvestiya”ga bergan intervyusida".

Uning soʻzlariga koʻra, Moskva hozirda salqin tsiklon taʼsirida boʻlib, u toʻplanma-yomgʻir bulutlari va yogʻingarchilikni hosil qiladi.

Mutaxassis, iyulda qor yogʻishi umuman issiq yozni qishga almashinishini anglatmaydi, deb ishontirishga shoshildi.

Hafta oxiriga qadar, sinoptiklar havo harorati kunduzi 18-20 darajagacha, kechasi esa 11-13 darajagacha issiq boʻlishini prognoz qilishmoqda. Keyinchalik, dushanba kunidan boshlab havo yana isiy boshlaydi va termometr koʻrsatkichi 26 darajaga yetadi.

Asosiy mavzular