00:03 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1161)
898 0 0

Bir sutka davomida 206 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 23 078 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 30 iyul — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 206 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 23 078  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanishlar: 130 nafari — Toshkent shahrida, 40 nafari — Buxoro viloyatida, 20 nafari — Sirdaryo viloyatida, 9 nafari — Qoraqalpogʻiston Respublikasida, 7 nafari — Toshkent viloyatida bemor bilan muloqot orqali yuqtirgan.

Davolanish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 495 nafar bemor tuzalib, oʻz uylariga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 13 432 nafarga yetdi.

Ayni paytda 9 512 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida uch bemor - Buxoroda 68 yoshli ayol, Toshkentda 57 yoshli erkak, 60 yoshli ayol vafot etdi.

Ularga “COVID-19” infektsiyasining oʻta ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Hamroh kasalliklar (qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, zoʻriqish stenokardiyasi, gipertoniya) bilan ham ogʻrigan. Oʻtkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorlarning ahvoli keskin ogʻirlashib, oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi hamda oʻpka shishidan vafot etgan.

Oʻzbekistonda jami 134 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Moddiy yordam puli

Oʻzbekistonda ehtiyojmand oilalarga 150 mlrd soʻm tarqatiladi.

Hukumatning tegishli farmoyishiga asosan, “Saxovat va koʻmak” fondi orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordam tarqatiladi. Buning uchun Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan jami 150 mlrd soʻm ajratilishi belgilandi.

Shifoxonaga aylantirilgan sport zallar

Fargʻona viloyatidagi qator sport zallar shifoxonaga aylantirildi. Koronavirus bilan kasallangan bemorlar uchun  12 600 ta zaxira joy tayyorlandi. 500 dan ortiq kislorod kontsentratorlari va sunʼiy nafas oldirish apparatlari olib kelindi.

Yangi oʻquv yili

Xalq taʼlimi vazirligi oʻquv yili boshlanishining uchta stsenariysini ishlab chiqdi. Buning uchun Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa idoralar mutaxassislari bilan birgalikda tegishli tadqiqotlar oʻtkazildi.

Tayyorlangan stsenariylarning birinchisiga asosan, epidemiologik vaziyat barqarorlashgani sayin, maktablar odatdagi tarzga qaytadi. Umumjahon statistik maʼlumotlarga koʻra, maktab yoshidagi bolalar kattalarga qaraganda COVID-19 kasalligiga kamroq chalinadi va kasallikni bolalardan kattalarga oʻtishi xavfi katta emas. Bu haqda toʻliq.

Dunyo salomatligi

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 17 milliondan oshdi, 667 ming kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (4,4 mln), Braziliyada (2,6 mln), Hindistonda (1,6 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1161)

Asosiy mavzular