12:18 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
253 0 0

Barcha mablagʻlar shifokorlar, tez tibbiy yordam xodimlari va haydovchilarga bir martalik toʻlov koʻrinishida beriladi.

TOSHKENT, 31 iyul - Sputnik. Taniqli tadbirkor va homiy Alisher Usmonov Oʻzbekistonga 100 milliard soʻm (10 million dollar) ajratdi, deya xabar beradi OʻzA.

"Ushbu mablagʻlar, shuningdek, davlat byudjetidan qoʻshimcha 100 milliard soʻm tez tibbiy yordam xodimlarini ragʻbatlantirish uchun ajratiladi", - deyiladi xabarda.

Shu tariqa, shifokorlar 5 million soʻmdan, oʻrta tibbiyot xodimlar 4 milliondan, haydovchilar esa 3 milliondan oladilar.

Toʻlovlar bir marotabalik boʻladi. Shuni ham taʼkidlash kerakki, toʻlovlarni amalga oshirish faqat joriy yilning 1 iyunigacha ishga qabul qilingan xodimlarga qoʻllaniladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Alisher Usmonov "Saxovat va koʻmak" milliy harakati jamgʻarmasiga 2,5 milliard soʻm oʻtkazib bergan edi. Ushbu mablagʻlar Andijon viloyati Marxamat tumanidagi 48 mahallaning 1000 nafar kam taʼminlangan oilalariga moʻljallangan boʻlgan.

Asosiy mavzular