Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston musulmonlarini Qurbon hayit bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi barcha musulmonlarni Qurbon hayit bilan tabriklab, ularga salomatlik, totuvlik va baxt-saodat tiladi.

TOShKENT, 31-iyul - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning barcha musulmonlarini Qurbon hayit bilan tabriklab, ularga salomatlik, xotirjamlik va baxt tiladi. 

"Butun islom olami qatorida dinu diyonatli, e’tiqodi mustahkam xalqimiz katta intiqlik bilan kutib olayotgan muborak Qurbon hayiti bilan siz azizlarni, yurtimizdagi barcha musulmon ummatini chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Ko‘hna tariximiz davomida yurtimizning ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin egallab, jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va bag‘rikenglik tamoyillarini har tomonlama barqaror etib kelayotgan bu qutlug‘ bayram barchamizga muborak bo‘lsin!

Ushbu muqaddas ayyomda sizlarga, butun el-yurtimizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat tilayman", - deyilgan prezident tabrigida.

Bayram arafasida e’lon qilingan tabrikda prezident, o‘z xayriya ishlari bilan pandemiyaga qarshi kurashda ishtirok etayotgan saxovatli fuqarolarni hamda kam ta’minlangan oilalarga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan yordamni alohida qayd etib o‘tgan. 

Shu bilan birga Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning xorijiy do‘st va hamkorlarini ham Qurbon hayiti bilan tabriklab, ularga tinchlik va taraqqiyot tilagan. 

Prezident tabrigi bilan batafsil quyida tanishishingiz mumkin. 

Yangiliklar lentasi
0