23:18 03 Avgust 2020
Efir
  • RUB142.37
  • EUR11896.04
  • USD10207.69
Jamiyat
Havola olish
510 0 0

Maʼlum boʻlishicha, Toshkent shahriga 25 milliard soʻm mablagʻ ajratilgan. Ushbu mablagʻlar 30 va 31 iyul kunlari moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarning roʻyxatlariga kiritilgan oilalarga tarqatib berilgan

TOSHKENT, 1 avg - Sputnik. Toshkentda moddiy yordam pullari faqat "temir daftar"ga kiritilganlarga tarqatildi. Hokimlik matbuot kotibi Furqat Mahmudxoʻjayev ushbu masala yuzasidan izoh berdi.

 

Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining koronavirus pandemiyasi davrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida farmoyishi qabul qilindi. Unda ehtiyojmand oilalarga 150 mlrd soʻm tarqatilishi belgilab qoʻyilgan.

Uning aytishicha, hukumat farmoyishiga asosan hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar rahbarlariga 2 kun muddatda ajratilgan mablagʻlar hisobidan Oʻzbekiston “Saxovat va koʻmak” fondi orqali hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordam tarqatilishini taʼminlash vazifasi yuklangan.

"Ushbu vazifaga asosan, Toshkent shahriga 25 milliard soʻm mablagʻ ajratilgan. Ushbu 25 milliard soʻm mablagʻlar 30 va 31 iyul kunlari moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarning roʻyxatlariga kiritilgan oilalarga tarqatib berildi.

Xalq tili bilan aytganda hozir mahallalarda har bir sektor nazoratga olgan moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarning roʻyxatlari "Temir daftar"ga kiritilgan.

Afsuski, targʻibot-tashviqot ishlari yetarli darajada oʻtkazilmagani, ommaviy axborot vositalarida bu masalani keng yorita olmaganimiz sababli baʼzi fuqarolar orasida ushbu moddiy yordam oʻzini qiynalib qolgan deb hisoblagan barcha odamlarga tarqatiladi, degan xayolga kelingan. "Temir daftar"lar, moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarning roʻyxatlari shaffofligini taʼminlash uchun "Saxovat argas" elektron tizimi shakllangan.

Aynan mana shu tizimga kiritilgan muhtoj oilalarga koʻmak pullari tarqatilgan. Boshqa masalalar boʻyicha tuman hokimliklari, sektorlar rahbarlari fuqarolar qabulini oʻtkazib, kimga beriladi, kim qanday muhtoj ekanligi toʻgʻrisida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Toshkent shahrida "Temir daftar"larga kiritilgan 20 841ta oila roʻyxati oʻzgarib turuvchandir. Shuning uchun ham tuman hokimliklari, sektorlar rahbarlariga topshiriq berilgan, unda bu roʻyxatlarni doimiy ravishda yangilab borish koʻzda tutilgan.

Bu ayniqsa hozir — karantin cheklovlari kuchaygan, koʻpchilik ishsiz qolgan, koʻpchilikning yonida mablagʻi qolmagan sharoitida dolzarb. "Saxovat va koʻmak" fondi orqali yordam boʻladigan boʻlsa, ular "Temir daftar"larga kiritilsa yordam amalga oshiriladi”, — degan Toshkent shahar hokimi matbuot kotibi.

Asosiy mavzular