13:07 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
494 0 0

Prokuratura organlari har bir xabar yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishini taʼminlashini va fuqarolardan vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlanmagan turli asossiz xabarlarga tayanmaslikni soʻrab qolgan.

TOSHKENT, 1 avg - Sputnik. Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan Oʻzbekiston hukumati tomonidan koronavirus pandemiyasi davrida aholiga ajratilgan moddiy yordam pullarini tarqatilishi jarayonida qonunbuzilishi holatlariga yoʻl qoʻyilayotgani aks etgan video va xabarlar borasida rasmiy bayonot eʼlon qildi.

Maʼlum boʻlishicha, Bosh prokuratura tomonidan mazkur Farmon ijrosini toʻlaqonli taʼminlash maqsadida maxsus shtab tuzilib, aniq tadbirlar belgilangan hamda hududiy prokurorlarga alohida topshiriqlar yuborilgan.

Prokuratura organlari tomonidan bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, shu jumladan belgilangan pul mablagʻlarining toʻliq va oʻz muddatida manzilli yetkazilishi alohida nazoratga olindi, qonunbuzilishi holatlari aniqlangan taqdirda qaʼtiy choralar koʻrilishi taʼminlanadi.

Agarda bunday holatlar kuzatilgan taqdirda fuqarolardan tegishli hudud prokuraturasiga murojaat qilish soʻraladi.

Murojaat uchun telefonlar:

Andijon viloyat prokuraturasi – 74 227-1007

Buxoro viloyat prokuraturasi – 65 221-1007

Jizzax viloyat prokuraturasi – 72 226-1007

Qashqadaryo viloyat prokuraturasi – 75 228-1007

Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi – 61 222-1007

Navoiy viloyat prokuraturasi – 79 210-1007

Namangan viloyat prokuraturasi – 69 227-1007

Samarqand viloyat prokuraturasi – 66 231-1007

Sirdaryo viloyat prokuraturasi – 67 235-1007

Surxondaryo viloyat prokuraturasi – 76 223-1007

Toshkent shahar prokuraturasi – 71 202-1007

Toshkent viloyat prokuraturasi – 71 230-1007

Fargʻona viloyat prokuraturasi – 73 244-1007

Xorazm viloyat prokuraturasi – 62 226-1007

Prokuratura organlari har bir xabar yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishini taʼminlashini va fuqarolardan vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlanmagan turli asossiz xabarlarga tayanmaslikni soʻrab qolgan.

Bosh prokuratura aholi orasida yolgʻon, haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan va vahima chiqarishga qaratilgan maʼlumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish uchun jinoiy javobgarlik mavjudligini yana bir bor eslatib oʻtgan.

Asosiy mavzular