Tun davomida Samarqandda rekord darajada koronavirus aniqlandi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaVo vsex istoricheskix obyektax Samarkanda ustanovleni dezinfitsiruyushie tuneli.
Vo vsex istoricheskix obyektax Samarkanda ustanovleni dezinfitsiruyushie tuneli. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda mamlakatda 9 592 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 592 nafari og‘ir, 185 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

TOShKENT, 2 avg — Sputnik. O‘zbekistonda tun davomida koronavirus bilan kasallanganlar soni 257 nafarga oshdi. Shulardan 103 nafari Samarqand viloyatida aniqlangan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Vo vremya operatsii po peresadke donorskoy pochki - Sputnik O‘zbekiston
Buyragi transplantatsiya qilingan toshkentlik ayol COVID-19dan vafot etdi

Qolgan yangi kasallanganlarning 99 nafari Toshkent shahrida, 18 nafari Sirdaryo viloyatida, 14 nafari Qashqadaryo viloyatida, 9 nafari Navoiy viloyatida, 5 nafari Namangan viloyatida, yana 5 nafari Farg‘ona viloyatida hamda 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu tariqa O‘zbekistonda qayd etilgan koronavirus bemorlari soni 25 040 nafarga yetgan.

Shu paytga qadar 15 299 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (61 foiz) sog‘aygan. Qurbonlar soni 149 nafarni tashkil etmoqda.

Hozirda mamlakatda 9 592 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 592 nafari og‘ir, 185 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Yangiliklar lentasi
0