22:23 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
722 0 0

Qashqadaryo viloyatida 2020 yil 27 iyuldan boshlab 15 avgustga qadar qator qoʻshimcha cheklovlar joriy qilingan edi.

TOSHKENT, 2 avg — Sputnik. Qashqadaryo viloyatida qoʻshimcha joriy qilingan karantin cheklovlari 3 avgustdan bosqichma-bosqich yumshatiladi. Bu haqda viloyat maxsus komissiyasining qarori qabul qilindi.

27 iyuldan 15 avgustgacha Qarshida transport vositalarining kirishi va chiqishi (baʼzi hollar bundan mustasno), shuningdek shaxsiy avtomobillarning shahar ichida harakatlanishi toʻliq taqiqlangan edi. 

Dorojnыy znak s nadpisyu Karantin
Sputnik / Ramiz Baxtiyarov

Yangi qarorga koʻra, 3 avgustdan boshlab Qarshiga kirish va chiqish transport vositalarida belgilangan vaqtda — soat 7:00 dan 10:00 gacha va 18:00 dan 21:00 gacha, ish safari, dori-darmon, oziq-ovqat va boshqa zarur tovarlar sotib olish uchun ruxsat beriladi.

Yoʻnalishsiz taksilar soni 2 barobarga koʻpaytiriladi va kun boʻyi haratkatlanishiga ruxsat beriladi.

3 avgustdan boshlab tuman (shahar) hokimlari, hududiy maxsus komissiya raislariga quyidagi vakolatlar beriladi:

  • oʻz hududida kiyim-kechak va qurilish bozorlarida, savdo, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat koʻrsatish sohalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subʼyektlarining faoliyatini individual ravishda qayta tiklashga ruxsat berish (tadbirkorlar karantin talablariga rioya etilishini kafolatlagan holda).
  • mintaqaviy maxsus komissiya qaroriga binoan karantin talablari va cheklovlariga javob bermaydigan tashkilotlar va muassasalar, savdo va maishiy xizmat faoliyatini toʻxtatish;
  • epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda, karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatish (postlarni qisqartirish, avtomashinalar harakati vaqtidagi cheklovlarni olib tashlash va boshqalar);
  • dezinfektsiyalash ishlariga bazaviy tibbiy bilimga ega ishsiz fuqarolarni ishga joylashish va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan jalb qilish.

Shuningdek, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Davlat soliq boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologiya farovonligi markazi, tumanlar va shaharlar hokimlari oziq-ovqat, dori-darmonlar, tibbiy buyumlar va asbob-uskunalar, shuningdek zarur tovarlar narxlarining asossiz koʻtarilishining oldini olish choralarini koʻrishi kerak.

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning soʻzlariga, karantin choralarini yumshatish hamma narsa ortda qoldi degani anglatmaydi.

“Hurmatli rahbarlar! Xodimlaringiz karantin qoidalariga muvofiq ishlashlari uchun shart-sharoitlar yarating. Aziz vatandoshlar! Uyda qoling, maqsadsiz koʻchaga chiqmang, oʻzingizga va oilangizga gʻamxoʻrlik qiling”, — dedi Mirzayev aholi va masʼullarga murojaatida.

Teglar:
koronavirus, karantin, Qashqadaryo

Asosiy mavzular