To‘rtinchi avgust kuni Toshkentdan Istanbulga qo‘shimcha charter reys amalga oshiriladi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishCamolet Boeing 767 aviakompanii Uzbekistan v aeroportu "Vnukovo" imeni A. N. Tupoleva.
Camolet Boeing 767 aviakompanii Uzbekistan v aeroportu Vnukovo imeni A. N. Tupoleva. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
4 avgust kuni Toshkent-Istanbul-Toshkent yo‘nalishida repatriatsion charter reysni amalga oshiriladi. Chiptani bugun soat 9:30dan boshlab to‘g‘ridan to‘g‘ri navbatda turish orqali xarid qilish mumkin.

TOShKENT, 3 avg — Sputnik.  4 avgust kuni “Uzbekistan Airways” AJ Toshkent-Istanbul-Toshkent yo‘nalishida repatriatsion charter reysni amalga oshiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Parvoz jadvali:

V Samarqand priletel ocherednoy charter iz Sankt-Peterburga - Sputnik O‘zbekiston
Chet eldagi O‘zbekiston fuqarolarini qaytarish uchun 24ta maxsus reys tashkil etiladi

Toshkent–Istanbul parvoz soat 09:40 da, qo‘nish soat 13:00 (mahalliy vaqt bilan);

Istanbul-Toshkent pavroz soat 14:30da, qo‘nish soat 21:00 da (mahalliy vaqt bilan).

Chiptalarni aviakompaniya filialining markaziy sotuv ofisidan (“Uzbekistan Airways Sales”) 3-avgust soat 9:30dan boshlab to‘g‘ridan to‘g‘ri navbatda turish orqali xarid qilish mumkin.

Yo‘lovchilarning shaxsan o‘zlari hujjatlarining asl nusxasi bilan kelishlari talab etiladi: O‘zbekiston fuqarolari uchun pasport va uchish uchun asos; xorij fuqarolari uchun pasport.

Kompaniya tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida aviachiptalar qo‘lga kiritish bo‘yicha o‘z xizmatlarini taklif qiluvchi shubhali shaxslarga murojaat qilmaslikni so‘ragan.

Yangiliklar lentasi
0