Toshkent viloyatida tun davomida aniqlangan koronavirus keskin ko‘paydi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tish"Gemotest" nachinayet delat analizi na koronavirusnuyu infeksiyu
Gemotest nachinayet delat analizi na koronavirusnuyu infeksiyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda mamlakatda 9 166 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 564 nafari og‘ir, 215 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

TOShKENT, 3 avg — Sputnik. O‘zbekistonda o‘tgan tun davomida 275 ta yangi koronavirus bilan kasallanish qayd etildi. Shundan 122 tasi Toshkent viloyatida aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Lechenie bolnix s COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 150 nafardan oshdi

Qolgan yangi kasallanganlarning 56 nafari Toshkent shahrida, 26 nafari Samarqand viloyatida, 16 nafari Qashqadaryo viloyatida, 13 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 12 nafari Surxondaryo viloyatida, 11 nafari Xorazm viloyatida, 10 nafari Sirdaryo viloyatida hamda 9 nafari Farg‘ona viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu tariqada COVID-19 bilan kasallanganlarning umumiy soni 25 828 nafarga yetdi.

Shu paytga qadar 16 507 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (64 foiz) sog‘aygan. 155 kishi qurbon bo‘lgan.

Hozirda mamlakatda 9 166 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 564 nafari og‘ir, 215 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Yangiliklar lentasi
0