O‘zbekistonda ishsizlik darajasi ma’lum qilindi

CC BY-SA 2.0 / t_y_l / P9091079Traktor na avtomobilnoy trasse
Traktor na avtomobilnoy trasse  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2020-yilning yanvar-iyun oylarida ishsizlik darajasi 13,2 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4 foizga ko‘proq.

TOShKENT, 3 avg — Sputnik. O‘zbekistonda 2020-yilning yanvar-iyun oylarida ishsizlik darajasi 13,2 foizni tashkil etdi. Bu Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Respublika bandlik va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi o‘tkazgan so‘rovda ma’lum bo‘ldi.

So‘rovda 490 ta fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari,  4,9  mingta uy xo‘jaliklari hamda  25,9 ming nafar fuqaro qamrab olindi.  

“O‘tkazilgan tadqiqot natijalari respublikada ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholining 13,2 foiz tashkil etganligini ko‘rsatdi. Bu ko‘rsatkich 2019-yilning shu davrida 9,1 foizga teng bo‘lgan.  Ishga muhtoj bo‘lganlarning umumiy soni 1 944,0 ming kishini tashkil etadi (16-30 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida ishsizlik darajasi- 20,1 foiz, ayollar o‘rtasida ishsizlik darajasi esa - 17,4 foiz)”, - deyiladi Mehnat vazirligi xabarida.

Mehnat resurslari soni  19 084,6 ming  kishini tashkil etib, 2019-yilning shu davriga nisbatan 0,6 foizga ko‘paygan bo‘lsa SOVID-19 pandemiyasiyaning iqtisodiyot subyektlari faoliyatiga salbiy ta’siri natijasida iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lganlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5 foizga oki 671 ming kishiga kamayib, 12 736,7 ming kishini tashkil qildi.

Zasedanie Senata Oliy Majlisa - Sputnik O‘zbekiston
Migratsiya, ta’lim va ishsizlik masalalari: Oliy Majlis Senati navbatdagi majlisni chaqiradi

Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarining rasmiy sektorda band bo‘lgan aholi soni 5 581,2 kishini tashkil qilib, o‘tgan yil shu davrga nisbatan 0,2 foizga oki 12,4 ming kishiga kamaydi.

“Bunda koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olishga qaratilgan ayrim cheklov chora-tadbirlar sababli yakka tartibda tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 167,5 ming (46,4 foiz)ga kamayib ketganligi hisobiga yuzaga kelgan bo‘lsa, 131,2 ming ishsizlarni haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish hisobiga rasmiy bandlar soni keskin kamayish oldi olindi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra respublikadan tashqariga xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketganlar soni 2 040  ming kishini tashkil etgan, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 553,2 ming, 2020 yilning 1-chorak yakuniga nisbatan esa 232,1 ming kishiga kamaygan”, - deyilgan xabarda.

Norasmiy sektorda band bo‘lganlar soni (xorijda ishlayotgan mehnat migrantlarini hisobga olmaganda) o‘tgan yilga nisbatan 2,1 foizga oki 105,3 mingga kamayib, 5 114,6 ming kishini tashkil etmoqda. Bunda asosan vaqtinchalik bir martalik va mavsumiy ishlarni bajaruvchilar (108,4 mingga kamaygan), mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmasdan oilaviy korxonalarda va tadbirkorlarda ishlovchilar (87,6 ming), ro‘yxatdan o‘tmasdan va tegishli ruxsatnomasiz faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar (110,6 ming) soni kamaydi.

Ishsizlik - Sputnik O‘zbekiston
Ishsizlik darajasi qaysi viloyatda yuqori

Respublikada iqtisodiy nofaol aholi soni 2019-yil mos davriga nisbatan 4,5 foizga oshgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tkazilgan tadqiqot davomida tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatish sohasi vakillari karantin chora-tadbirlari davrida vaqtinchalik o‘z faoliyatlarini to‘xtatib turishlarini va cheklovlardan so‘ng qayta tiklash niyatini bildirib, boshqa faoliyat bilan shug‘ullanmaslikni afzal ko‘rayotganligi sababli oshganligini ko‘rsatdi.

2020 yilning yanvar-iyun oylarida, ayniqsa SOVID-19 pandemiyasining mehnat bozoriga salbiy ta’sirini yumashatish maqsadida mehnat organlari tomonidan 588,2 ming (30 yoshgacha bo‘lganlar 159,9 ming va ayollar 229,4 ming) ishsiz va band bo‘lmagan aholiga xizmatlar ko‘rsatildi.

Sentr podennoy raboti - Sputnik O‘zbekiston
Ishsizlik nafaqasi kimga va qancha davrga to‘lanadi

Xususan, 501,1 ming nafari doimiy ish o‘rinlariga ishga joylaytirish va jamoat ishlariga jalb qilish orqali bandligi ta’minlandi, 15,0 ming nafar ishsizlar kasb-hunarga o‘qitildi, 27,0 ming nafar ishsiz shaxslarga Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan 10,1 mlrd. so‘m ishsizlik nafaqasi to‘lab berildi.

Shuningdek, ushu jamg‘armadan ajratiladigan subsidiyalar hisobiga 24,8 ming nafar fuqaro shaxsiy tomorqalarida, 15 ming nafar fuqaro qishloq xo‘jaligi, tikuvchilik va hunarmandchilik kooperativlarida a’zo sifatida biriktirilib, band qilindi, 3 ming nafar fuqaro tadbirkorlikka jalb etildi, 256 ta ish beruvchiga mehnat organlari yo‘llanmasi bilan ishga olingan 2,3 ming nafar ishsizlarning kasbiy malakasini oshirganligi va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini ishga olganligi uchun moddiy ko‘mak ajratildi.

Yangiliklar lentasi
0