13:36 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
45610

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi aʼzosi pandemiya sharoitida dafn marosimini oʻtkazish qoidalarini sanab oʻtdi.

TOSHKENT, 3 avg — Sputnik. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi aʼzosi Mirzamaqsud Alimov pandemiya sharoitida dafn marosimini oʻtkazish tartibini maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, ommaviy dafn marosimlari virus tarqalishi uchun qulay fursatdir. Dafn marosimlarida koʻpchilik yigʻilmasligi lozim.

“Dafnga kelganlar ijtimoiy masofa – 1,5 metr oraliqni saqlashlari, tibbiy niqob va qoʻlqop taqishlari, antiseptik vositalar bilan qoʻllarini tozalab turishlari kerak. Oʻzaro koʻrishishni vaqtincha tark etish muhim”, - dedi u.

Ulamolar kengashi aʼzosining taʼkidlashicha, mayyit tibbiy xavfsizlik choralari koʻrilgan holda yuvilishi lozim. Yaʼni gʻassol niqob va qoʻlqopda boʻlishi kerak. Gʻuslda ishlatilgan barcha narsalar yoqib yuborilishi, chelak va boshqa asboblar xlor kabi vositalar bilan dezinfektsiya qilinishi hamda 5-6 soatga quyosh ostida quritilishi kerak.

"Agar mayyit tibbiy xodimlar tomonidan maxsus matolar bilan oʻrab qoʻyilgan boʻlsa, ularni tibbiy xavfsizlik nuqtai nazaridan ochish mumkin emas. Bunda mayyitni qayta gʻusl qilish shart boʻlmaydi. Janoza namozi uzogʻi bilan 5-7 daqiqa davom etishi lozim. Janozada sogʻligi zaif, keksalar va yosh bolalar ishtirok etmasliklari kerak. Qatnashuvchilar ijtimoiy masofani saqlashlari muhim. Tibbiyot xodimlari mayyitni qabristonga olib kelishgan boʻlsa, janoza oʻsha joyda ado etilishi kerak. Dafn marosimi odatdagidek amalga oshiriladi. Unda ham iloji boricha kam odam ishtirok etishi lozim. Dafndan soʻng qabristondan tezda uyga qaytib, poklanish choralarini koʻrish lozim. Maʼrakalarni faqatgina oila davrasida oʻtkazish tavsiya etiladi, – dedi Mirzamaqsud Alimov.

Asosiy mavzular