20:00 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1163)
1192 0 0

Bir sutka davomida 238 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 26 066 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 3  avg — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 238 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 26 066  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 117 nafari Toshkent shahrida, 114 nafari Toshkent viloyatida hamda 7 nafari Andijon viloyatida tana harorati koʻtarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Davolanish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 331 nafar bemor tuzalib, oʻz uylariga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 16 838 nafarga yetdi.

Ayni paytda 9 071 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida toʻrt bemor – Toshkent viloyatida 60 yoshli ayol va 67 yoshli erkak, Toshkentda 69 yoshli va 49 yoshli ayollar vafot etdi.

Ularga “COVID-19” infektsiyasining oʻta ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Hamroh kasalliklar (yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya, qandli diabet) bilan ham ogʻrigan. Oʻtkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorlar oʻtkir yurak qon-tomir, nafas va poliorgan yetishmovchiligi
dan vafot etgan.

Oʻzbekistonda jami 157 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Dafn marosimini oʻtkazish tartibi

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi aʼzosi Mirzamaqsud Alimov pandemiya sharoitida dafn marosimini oʻtkazish tartibini maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, ommaviy dafn marosimlari virus tarqalishi uchun qulay fursatdir. Dafn marosimlarida koʻpchilik yigʻilmasligi lozim.

“Dafnga kelganlar ijtimoiy masofa – 1,5 metr oraliqni saqlashlari, tibbiy niqob va qoʻlqop taqishlari, antiseptik vositalar bilan qoʻllarini tozalab turishlari kerak. Oʻzaro koʻrishishni vaqtincha tark etish muhim”, - dedi u. Bu haqda toʻliq.

OTB kredit mablagʻi

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Oʻzbekistonning sogʻliqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlarga, jumladan, koronavirus pandemiyasiga barqarorligini oshirish uchun 100 million dollar miqdorda qarz mablagʻlarini ajratishni maʼqulladi. Loyiha doirasida COVID-19 ga test olish, tashxis qoʻyish tizimini yaxshilash rejalashtirilmoqda. 

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 18 millionga yetdi, 689 ming kishi vafot etdi, 10,7 kishi million tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (4,7 mln), Braziliyada (2,7 mln), Hindistonda (1,8 mln).

 

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1163)

Asosiy mavzular