O‘zbekistonda statistika organlari faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi – prezident qarori

© PLIXS/negativespaceKod stranisi sayta na ekrane
Kod stranisi sayta na ekrane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident qarori bilan O‘zbekistonning milliy statistika tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

TOShKENT, 4 avg — Sputnik. “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan O‘zbekistonning milliy statistika tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

Qarorga muvofiq, Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy statistikani shakllantirish bilan bog‘liq o‘z vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil amalga oshiradi va qo‘mita tomonidan shakllantiriladigan statistika ma’lumotlari rasmiy statistika axboroti sifatida e’lon qilinadi.

Statistika organlarining qonuniy faoliyatiga har qanday aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Hududiy statistika boshqarmalar, tumanlar (shaharlar) statistika bo‘limlari mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqil bo‘lib, bevosita Davlat statistika qo‘mitasiga bo‘ysunadi.

Qaror bilan 2020-2025 yillarda O‘zbekiston statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Yangiliklar lentasi
0