14:09 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
379 0 0

Bosh vazir oʻrinbosarining soʻzlariga koʻra, barcha belgilangan talablarga qatʼiy rioya qilinsa, mavjud epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, karantin choralarini yumshatish mumkin boʻladi.

TOSHKENT, 4 avg — Sputnik. Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Aziz Abduhakimov karantin qanday sharoitda bekor qilinishi mumkinligini maʼlum qildi.

“Xabaringiz bor, navbatdagi karantin davri 15 avgustgacha uzaytirilgan. Biz maʼlum darajadagi plato chizigʻiga, barqarorlikka erishishimiz, kelgusida kasallanishlar holatini kamaytirishimiz va karantin cheklovlarini bekor qilishimiz uchun hozirgi vaqtda oʻrnatilgan cheklovlarga amal qilishda davom etishimiz kerak”, – dedi Abduhakimov “Oʻzbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida.

U fuqarolar tibbiyot niqoblarini pastga tushirib olmay toʻgʻri taqishlari, antiseptiklardan foydalanishlari va ijtimoiy masofa saqlashlari muhimligini taʼkidladi.

“Mana shu 15 kun ichida barcha talablarga qatʼiy rioya eta olsak, u holda mazkur muddat tugagach, mavjud epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, hozirgi cheklovlarni olib tashlashimiz mumkin boʻladi”, – dedi u.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Habibullo Oqilov oldinda turgan ikki hafta davomida kasallanish surʼati pasayishi qayd etilsa, karantinni yumshatsa boʻladi degan fikrni bildirgan edi.

Asosiy mavzular