"Kiyevlik terrorchi" Suhrob Karimov haqida nimalar ma’lum

© Press-slujba MVD UkrainiSpetsoperatsiya po zaxvatu Suxroba Karimova, ugrojavshego vzorvat bank v Kiyeve
Spetsoperatsiya po zaxvatu Suxroba Karimova, ugrojavshego vzorvat bank v Kiyeve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Terroristni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus operatsiya qanday o‘tganligi va u haqida bugungi kunga nimalar ma’lum - bu haqda materialimizda.

TOShKENT, 4 avg - Sputnik. 3-avgust kuni kunduzi noma’lum shaxs “Universal- bank”ning Kiyevdagi "Leonardo" biznes markazidagi filialini portlatish bilan tahdid qildi. Keyinchalik, bu shaxs O‘zbekiston fuqarosi Suhrob Karimov ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Bankni qo‘lga olish va SBUning maxsus operatsiyasi: bu qanday o‘tdi

Kun o‘rtasida "Universal-bank" xodimasi politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, 35 yoshlar atrofidagi erkak bank bo‘limiga kelganini va uning so‘zlariga ko‘ra, sumkasida bomba borligini ma’lum qildi. Jinoyatchi huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlarini chaqirishni so‘radi. U bo‘lim boshlig‘ini garovga olib, qolgan barcha xodimlarni ozod qildi.

Politsiya va xavfsizlik xizmatlari binoni o‘rab olib, shahar aholisidan aylanma yo‘ldan harakatlanishni so‘radi. Avvaliga, odam garovga olinishiga qarshi "Grom" politsiya operatsiyasi rejasi kiritildi. Keyin operatsiya boshqaruvini Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) o‘z zimmasiga oldi, u "Bumerang" terrorizmga qarshi kurash rejasini joriy etdi.

Binoga hujum uyushtirishga imkon bo‘lmadi: Karimov rukzakka tortilgan ipni oyog‘iga bog‘lab olib, portlovchi moslamani ishga tushurishi bilan tahdid qilgan. Bu haqiqatan rostmi-yolg‘onmi, o‘sha daqiqalarda ma’lum bo‘lmagan. Bundan tashqari, erkakning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini o‘rganishdan uning "ruhiy nosog‘lomligi" ma’lum bo‘ldi.

© Facebook/Anton GerashenkoSuxrob Karimov v otdelenii banka
Kiyevlik terrorchi Suhrob Karimov haqida nimalar ma’lum - Sputnik O‘zbekiston
Suxrob Karimov v otdelenii banka

Xavfsizlik xodimlari muzokaralarga kirishdi va bosqinchiga taslim bo‘lishni taklif qildi. U intervyu berish uchun OAV vakillarini kiritishlarini talab qildi. Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, u qo‘shimcha 40 ming grivna (1,44 ming dollar) talab qilgan.

© Twitter / MVD UkrainiSpetsoperatsiya po zaxvatu Suxroba Karimova, ugrojavshego vzorvat bank v Kiyeve
Kiyevlik terrorchi Suhrob Karimov haqida nimalar ma’lum - Sputnik O‘zbekiston
Spetsoperatsiya po zaxvatu Suxroba Karimova, ugrojavshego vzorvat bank v Kiyeve

Maxsus kuchlar uni soat 15.00 larda to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda u o‘zini televizorda ko‘rsatayotganiga ishonch hosil qilganida kishanladilar. Qo‘lga olish jarayonida ikki telekanal jurnalistlari ixtiyoriy ishtirok etdilar.

© Press-slujba SBU UkrainiSpetsoperatsiya po zaxvatu Suxroba Karimova, ugrojavshego vzorvat bank v Kiyeve
Kiyevlik terrorchi Suhrob Karimov haqida nimalar ma’lum - Sputnik O‘zbekiston
Spetsoperatsiya po zaxvatu Suxroba Karimova, ugrojavshego vzorvat bank v Kiyeve

Bino tekshirilganida, tajovuzkorning yolg‘on gapirgani aniqlandi: unda na bomba, na xavfli moslama bo‘lmagan.

Unga nisbatan Ukraina Jinoyat kodeksining 258-moddasi "Terroristik akt" 1-qismi bo‘yicha jinoiy ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda jinoyatning sabablari va terrorchining ehtimoliy sheriklari aniqlanmoqda.

Ukraina poytaxti politsiyasi rahbari Viktoriya Azarovaning so‘zlariga ko‘ra, Karimov o‘zini "muqaddas ruh" deb atagan.

© Press-slujba SBU UkrainiSpetsoperatsiya po zaxvatu Suxroba Karimova, ugrojavshego vzorvat bank v Kiyeve
Kiyevlik terrorchi Suhrob Karimov haqida nimalar ma’lum - Sputnik O‘zbekiston
Spetsoperatsiya po zaxvatu Suxroba Karimova, ugrojavshego vzorvat bank v Kiyeve

Terrorchi haqida nimalar ma’lum?

Ukraina SBU ma’lumotlariga ko‘ra, Suhrob Rahmatovich Karimov 32 yoshda, O‘zbekiston fuqarosi, Samarqandda tug‘ilgan.

Ukraina IIV rahbarining o‘rinbosari Anton Gerashenko o‘zining Facebook'dagi sahifasida shuni ma’lum qildi: terrorchining vatanidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Karimov 1998-yildan beri "Oligofreniya" tashxisi bilan nevrologik-psixiatrik hisobda turgan. Samarqand psixonevrologik dispanseri Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bunday ma’lumotni oshkor etish taqiqlanganligiga ishora qilib, ma’lumotni tasdiqlamadi, ham rad etmadi.

Kiyevda, bu erkak taxminan besh yildan beri yashab kelmoqda, rezident bo‘lgan. Ukrainalik blogerlarning xabar berishicha, u poytaxt restoranlaridan birida ofitsiant bo‘lib ishlagan va xostelda yashab kelgan, u yerdan uni giyohvand moddalar - amfetamin va marixuana iste’mol qilgani uchun chiqarib yuborishgan.

Mahalliy OAVlar erkakning Ukrainaning Zaporojye viloyati, Berdansk tumani, Novopetrovka qishlog‘ida qayd etilganini aniqladilar. Shu yerda Karimov bilan uzoq vaqtdan beri aloqada bo‘lmagan, uning sobiq xotini va farzandi yashab kelgan.

30-chi iyul kuni, bank filialiga bostirib kirishdan bir necha kun oldin, erkak ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasida "jihod" e’lon qildi va kofirlarni o‘ldirishga chaqirdi.

Toshkent qanday munosabat bildirdi

O‘zbekiston tomoni hodisa yuzasidan hozircha rasmiy izoh bermadi. Ammo bu borada ishlar olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0