16:01 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1165)
781 0 0

Bir sutka davomida 254 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 26 804 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 4  avg — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 254 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 26 804 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlari: 218 nafari — Toshkent shahrida, 23 nafari — Oʻrtasaroy karantin markazida; 31 nafari — Samarqand viloyatida, 3 nafari — Toshkent viloyatida, 2 nafari — Andijon viloyatida aniqlandi.

Davolanish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 576 nafar bemor tuzalib, oʻz uylariga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 17 835 nafarga yetdi.

Ayni paytda 8 803 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida ikki bemor – Toshkentda 64 yoshli va 30 yoshli erkaklar vafot etdi.

Ularga “COVID-19” infektsiyasining oʻta ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Hamroh kasalliklar (yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya) bilan ham ogʻrigan.

Oʻtkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorlar oʻtkir yurak qon-tomir, nafas va poliorgan yetishmovchiligidan vafot etgan.

Oʻzbekistonda jami 163 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Karantin qachon bekor qilinadi

Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Aziz Abduhakimov karantin qanday sharoitda bekor qilinishi mumkinligini maʼlum qildi.

“Xabaringiz bor, navbatdagi karantin davri 15 avgustgacha uzaytirilgan. Biz maʼlum darajadagi plato chizigʻiga, barqarorlikka erishishimiz, kelgusida kasallanishlar holatini kamaytirishimiz va karantin cheklovlarini bekor qilishimiz uchun hozirgi vaqtda oʻrnatilgan cheklovlarga amal qilishda davom etishimiz kerak”, – dedi Abduhakimov.

Bu haqda batafsil.

Vatanga qaytgan talabalar

Uzbekistan Airways maxsus reysi bilan Qozondan 300 nafar talaba Oʻzbekistonga olib kelindi.  Talabalar Samarqand va Toshkentga olib kelindi. Ular 14 kunlik karantin oʻtkazishi uchun alohida tashkil qilingan muassasalarga joylashtirildi. Bundan avval Sibir federal okrug oliygohlarida tahsil olayotgan 100 nafar talab olib kelindi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 18,2 millionga yetdi, 692 ming kishi vafot etdi, 10,9 million kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (4,7 mln), Braziliyada (2,8 mln), Hindistonda (1,9 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1165)

Asosiy mavzular