12:56 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
63 0 0

Shavkat Mirziyoyev ehtiyojmand aholi bilan ishlashda yangi, shaffof va adolatli tizim yoʻlga qoʻyilishini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 5 avg — Sputnik. Oʻzbekistonda Yagona ijtimoiy reyestr joriy etiladi. Tegishli qarorga prezident Shavkat Mirziyoyev imzo chekdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Mazkur tizim Sirdaryo viloyatida tajribadan oʻtib, oʻz samarasini koʻrsatgan. Joriy yil yakuniga qadar uni barcha hududlarda bosqichma-bosqich joriy etiladi.

“Davlatimiz tomonidan ijtimoiy yordamlar koʻlami kengaytirib borilishi jarayonida ushbu yangi tizimning muhimligiga eʼtibor qaratildi. Jumladan, ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni hozirgi 600 mingdan joriy yil oxirigacha 1 million 200 ming, 2021 yilda esa 1 million 500 minggacha yetkazilishi belgilangan. Bu borada Yagona ijtimoiy reyestr orqali barcha ijtimoiy yordam bir xil mezon va bir xil hujjat asosida berilishi koʻzda tutilgan”, - deyilgan xabarda.

Kelgusi yil 1 yanvardan boshlab, kam taʼminlangan oila maqomini olish uchun fuqarolardan hozirgidek 12 ta idoradan 30 dan ziyod maʼlumotlar talab qilinmaydi. Ehtiyojmand oilalarga 30 turdagi ijtimoiy yordam va xizmatlar oson va qulay tarzda taqdim etiladi.

Yordam pullariga muhtoj oilalar roʻyxati mahallalar kesimida adolatli tuzilib, xalq deputatlari mahalliy kengashlarida tasdiqlanadi.

Asosiy mavzular