15:08 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1165)
235 0 0

Oʻtgan tun davomida yana 267 ta COVID-19 bilan kasallanish qayd etildi. Toshkent viloyati va poytaxtda yashagan ikki fuqaro koronavirusdan vafot etdi.

TOSHKENT, 5 avg — Sputnik. Oʻzbekistonda oʻtgan tun davomida yangi 267 ta koronavirus bilan kasallanish qayd etildi. Shundan 125 tasi Toshkent viloyatida aniqlandi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Qolgan yangi kasallanganlarning 84 nafari Toshkent shahrida, 39 nafari Buxoro viloyatida, 12 nafari Qashqadaryo viloyatida hamda 7 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu tariqa Oʻzbekistonda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 27 314 nafarga yetgan.

Tun davomida koronavirus bilan kasallangan Toshkent viloyati Toshkent tumanida yashagan 70 yoshli A.M. va Toshkent shahar Chilonzor tumanida yashagan ikki bemor vafot etdi. Qurbonlarning umumiy soni 167 nafarga yetdi.

Shu paytga qadar 18 051 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatda 9 096 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 619 nafari ogʻir, 208 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1165)

Asosiy mavzular