18:35 18 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
45401

Xarid qilingan 9 ta "Yutong" avtobuslari poytaxt yoʻllarida qatnayotgan eski “Isuzu” rusumidagi avtobuslar oʻrnida harakatlanishi rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 5 avg — Sputnik. Toshkent shahriga 9 ta yangi avtobuslar keltirildi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, “Avtosantrans-servis” ushbu avtobuslarni Xitoyning  "Yutong hongkong limited" kompaniyasidan xarid qilgan. Ular gaz yoqilgʻisida harakatlanadi.

Umumiy 52 nafar yoʻlovchiga moʻljallangan ushbu avtobuslar oʻrta sigʻimli boʻlib, 30 ta oʻrindiqqa ega.

Ishlab chiqaruvchi korxona ushbu transport vositalarining 150 ming kilometrgacha benuqson harakatlanishiga kafolat bermoqda.

Ushbu avtobuslar poytaxt yoʻllarida qatnayotgan xususiy korxonaga tegishli eski “Isuzu” rusumidagi avtobuslar oʻrnida harakatlanishi rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular