18:58 18 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
226210

Goʻsht boʻlagi kesish taxtasida qimirlashi aks etgan video Twitter foydalanuvchilarini shok holatiga soldi.

TOSHKENT, 6 avg — Sputnik. Goʻsht boʻlagi taxtakachda qimirlashi aks etgan video Twitter foydalanuvchilarini shok holatiga soldi.

Malaziyalik Yo!Artist nikli foydalanuvchi videoni tarmoqqa joylashtirdi. Ayol yozishicha, uning onasi goʻshtni pishirmoqchi boʻlgan edi, ammo u tomir urishni boshladi. Ayol qoʻrqib ketdi va taom pishirish fikridan qaytdi.

Videoni koʻrgan koʻpchilik foydalanuvchilar chindan ham dahshatga tushganini tan oldi.

Boshqalar esa “bu yerda qoʻrqinchli narsaning oʻzi yoʻq – yangi xom goʻshtda nerv toʻqimalari maʼlum vaqt davomida qimirlashni davom etadi”, - deb izoh yozishdi.

Video rolik 950 ming marta tomosha qilinib, 13 mingga yaqin izoh toʻpladi.

Asosiy mavzular