18:24 18 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
698 0 0

Bir sutka davomida 761 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 28 315 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 6 avg — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 761 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 28 315 nafarni tashkil qilmoqda.

Davolanish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 609 nafar bemor tuzalib, oʻz uylariga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 19 291 nafarga yetdi.

Ayni paytda 8 849 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ulardan 800 nafari ogʻir, 230 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor – Toshkent shahar  Mirzo Ulugʻbek tumanida yashagan 48 yoshli K.N. (erkak), Yunusobod tumanida yashagan 62 yoshli M.M. (ayol), Shayxontohur tumanida yashagan 51 yoshli A.B. (erkak), Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashagan 37 yoshli N.O. (ayol) vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 175 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Bogʻchalar faoliyati tiklanishi

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida koronavirus pandemiyasi sababli toʻxtatilgan faoliyat jarayonini tiklashga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Pandemiya sharoitida MTTlarda ish jarayoni qanday tamoyillar asosida tashkil etilishi tasvirlangan videorolik tayyorladi. 

Mehnat bozorini tiklash

Rossiya Federatsiyasidagi Neft va gaz ilmiy-tadqiqot va loyihalashtirish instituti raisi oʻrinbosari Denis Mishchenko boshchiligida "Renaissance Heavy Industries" va "Yamata Yatirim İnşaat Turizm ve Ticaret Anonim Şirketi" kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya Oʻzbekistonga tashrif buyurdi.

Delegatsiya aʼzolari bilan Vazirlar Mahkamasining Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish masalalari va xalqaro iqtisodiy hamkorlik departamenti hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida uchrashuvlar oʻtkazildi.

Uchrashuvlarda pandemiya sharoitida mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilish, Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasiga tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilish, ularga kasb va til oʻrgatish kabi masalalar muhokama etildi.

Muloqot davomida pandemiyadan keyin mehnat bozorini tiklash, epidemiologik vaziyatda oʻzbekistonlik mehnat migrantlari xavfsizligini taʼminlash, ularni tartibli, manzilli va tashkillashtirilgan holda ishga joylashtirish hamda ishchilar uchun zaruriy mehnat sharoitlari yaratilib, buning uchun ish beruvchi tashkilot kafil boʻlishi lozimligini taʼkidladi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 19,0 millionga yetdi, 706 ming kishi vafot etdi, 11,3 million kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (4,8 mln), Braziliyada (2,9 mln), Hindistonda (2,0 mln).

Asosiy mavzular