03:07 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1169)
135 0 0

Hozirda Respublika maxsus komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston fuqarolarini tezroq qaytarish uchun Rossiyadan reyslarni koʻpaytirish, qatnovlar yoʻnalishi va turlarini kengaytirish masalasi koʻrib chiqilmoqda

TOSHKENT, 7 avg — Sputnik. Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan, 4-5 avgust kunlari "Toshkent-Buzuluk-Toshkent" va "Toshkent-Kinel-Toshkent" yoʻnalishlarida Rossiya Federatsiyasining Orenburg va Samara viloyatlariga Oʻzbekiston fuqarolarini qaytarish uchun ikkita poyezd yuborildi.

Oʻzbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsuli tashkiliy va boshqa masalalarni hal qilish uchun oʻzbekistonliklar toʻplangan joyda boʻlib turibdi.

6 avgust kuni Orenburg viloyatining “Buzuluk” stantsiyasidan 920 nafar fuqaro birinchi poyezd Oʻzbekistonga joʻnab ketdi. Ikkinchisi 7-avgust kuni Samara viloyatining “Kinel” stantsiyasidan 930 nafar fuqaro bilan joʻnaydi. Rossiya-Qozogʻiston chegarasida toʻplangan jami 1850 nafar Oʻzbekiston fuqarolari qaytariladi.

7 avgust holatiga koʻra Orenburg va Samara viloyatlarida Rossiya-Qozogʻiston davlatlararo chegarasi yaqinida Oʻzbekiston fuqarolarining toʻplanishi kuzatilmayapti.

Qaytib kelganidan soʻng Oʻzbekiston fuqarolari Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qatʼiy rioya qilgan holda karantinda boʻladi.

TIV bayonotida aytilishicha, koronavirus infetsiyasi tarqalayotgan bir paytda koʻp sonli fuqarolarining bir joyda toʻplanishi ularning COVID-19 bilan kasallanish ehtimolini keskin oshiradi.

Vatandoshlardan Rossiya-Qozogʻiston davlatlararo chegarasini kesib oʻtish nuqtalariga bormasliklarini, hozirda boʻlib turgan joylarida qolishlarini va barcha karantin talablariga qatʼiy rioya qilishlarini yana bir bor soʻralgan.

Hozirda Respublika maxsus komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston fuqarolarini tezroq qaytarish uchun Rossiyadan reyslarni koʻpaytirish, qatnovlar yoʻnalishi va turlarini kengaytirish masalasi koʻrib chiqilmoqda.

 

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1169)

Asosiy mavzular