21:52 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1152)
55310

Gamaleya nomidagi milliy tarqiqot markazida COVID-19ga qarshi Rossiyaning vaktsinasi qanday ishlashi tushuntirib berildi.

TOSHKENT, 7 avg — Sputnik. Gamaleya nomidagi milliy tarqiqot markazi direktori Aleksandr Gintsburg Rossiyaning COVID-19ga qarshi vaktsina qanday ishlashi tushuntirib berildi.

Uning soʻzlariga koʻra, COVID-19ga qarshi vaktsinasidagi koronavirus zarralari organizmga zarar yetkazmaydi. Preparatni ishlab chiqishda adenovirus asosida yaratilgan jonsiz zarralardan foydalangan.

“Oʻziga oʻxshash boʻlgan obʼyektlarni koʻpaytirishi mumkin boʻlgan zarralar tirik hisoblanadi. Bu zarralar koʻpaymaydi”, - dedi u “Rossiya 24” telekanali efirida.

Shuning uchun vaktsina sogʻliqqa zarar yetkazishi mumkinligi borasida xavotir olishga hech qanday asos yoʻq, deb xulosa qildi mutaxassis.

Uning soʻzlariga koʻra, koronavirus zarralari koʻpi bilan noqulaylik keltirib chiqarishi mumkin, chunki begona antigenlar yuborilganda emlangan odamning immunitet tizimi kuchli ishlay boshlaydi. Baʼzi odamlarda bunday sharoitlarda tabiiy ravishda isitma koʻtariladi.

Preparatning klinik sinovlari vaqtida koʻngillilarning tana harorati 37, baʼzan 38 darajaga koʻtarildi, ammo bu masala "paratsetamol tabletkalari bilan hal qilinadi", dedi Gintsburg.

Gamaleya milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazida ishlab chiqilgan vaktsinani 18 iyunda Sechenov universitetida sinovdan oʻtkazish jarayoni boshlangandi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1152)

Asosiy mavzular