13:01 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
123100

Yetuk kompozitorning eng soʻnggi ishi bir necha oy oldin shov-shuvli premyerasi boʻlib oʻtgan "101" kinoasari edi.

TOSHKENT, 8 avg - Sputnik. Taniqli kompozitor va dirijyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, "Oʻzbekkino" milliy agentligi Badiiy kengashi aʼzosi Anvar Ergashev 66 yoshida vafot etdi.

Anvar Ergashev Milliy simfonik orkestri bosh dirijyori va Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik teatri badiiy rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

50 dan ortiq badiiy va musiqiy filmlar, spektakllar bastakori, koʻplab qoʻshiq hamda musiqalar muallifi. Uning kinodagi ishlari sirasiga "Bomba", "Sharif va Maʼrif", "Osmondagi bolalar","“Alanga ichidagi farishta", "Oq bino oqshomlari", "Uch qirol jangi", "Oyi" filmlari kiradi.

Yetuk kompozitorning soʻnggi ishi bir necha oy oldin premyerasi boʻlib oʻtgan "101" kinoasari edi.

Asosiy mavzular