22:49 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
41811

Hozirda mamlakatda 8691 nafar davolanmoqda. Ulardan 974 nafari ogʻir, 274 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

TOSHKENT, 9 avg — Sputnik. Oʻzbekistonda tun davomida 279 ta yangi koronavirus bilan kasallanish holati aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 30 197 nafarga yetdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Yangi kasallanganlarning 142 nafari Toshkent shahrida, 133 nafari Toshkent viloyatida hamda 4 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 84 yoshli Q.YA. (erkak) hamda Zangiota tumanida yashagan 62 yoshli S.T. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Qurbonlarning umumiy soni 190 nafarni tashkid etmoqda.

Shu paytga qadar 21316 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (71 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatda 8691 nafar davolanmoqda. Ulardan 974 nafari ogʻir, 274 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Asosiy mavzular