19:14 18 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
35410

Fargʻona shahridan Soʻx tumaniga samolyot va vertolyot orqali aholiga maqbul narxlarda qatnovlar yoʻlga qoʻyiladi.

TOSHKENT, 9 avg — Sputnik. Fargʻona shahridan Soʻx tumaniga kichik aviatsiya transportida parvozlar yoʻlga qoʻyiladi. Oʻzbekiston prezidenti tegishli qarorni imzoladi.

“Transport vazirligi Qirgʻiziston Respublikasi havo hududidan foydalanish masalasi toʻliq hal etilgandan keyin bir hafta muddatda Fargʻona shahridan Soʻx tumaniga kichik aviatsiya transporti orqali aholiga maqbul narxlarda qatnovlar yoʻlga qoʻyilishini taʼminlasin”, - deyilgan qarorda.

Fargʻona viloyati hokimligiga bir oy muddatda Soʻx tumanida samolyot va vertolyotlar uchun uchish-qoʻnish maydonchalarini tashkil etish vazifasi yuklatildi.

Tashqi ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligiga Qirgʻiziston havo hududidan foydalanish masalasini hal etish vazifasi topshirildi.

Asosiy mavzular