13:51 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
364 0 0

Endilikda kontraktni toʻlay olmamagan talaba oʻqishdan chetlatilmaydi, balki kursdan-kursga qoldirilishi mumkin.

TOSHKENT, 9 avg — Sputnik. Oʻzbekistonda endi kontrakt toʻlay olmagan talaba oʻqishdan chetlatilmasligi mumkin. Bu haqda AOKAdagi matbuot anjumanida oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Inomjon Majidov maʼlum qildi.

Vazirning soʻzlariga koʻra, agar talabaning kontraktni toʻlashga qurbi yetmasa, oliy oʻquv yurti vaziyatni oʻrganib chiqadi. Keyin shu talabaga yordam berib, kontraktni qoplash chorasini koʻradi.

“Talaba endilikda kontraktni toʻlay olmasa, u chetlatilmaydi, balki kursdan-kursga qoldirilishi masalasi koʻrib chiqiladi", - dedi u.

Majidov bunda OTM tomonidan vaziyat toʻliq oʻrganilgach, qaror qabul qilishini qoʻshimcha qildi.

Shuningdek, vazir 2020-2021-oʻquv yilida kontrakt toʻlovi miqdori oʻzgarishsiz qolishini maʼlum qildi.

Asosiy mavzular