03:36 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
167 0 0

Oʻzbekistonda koronavirusni boshdan kechirganlarga ham karantin qoidalariga rioya qilgan holda niqob taqib yurishlari kerak.

TOSHKENT, 9 avg — Sputnik. Oʻzbekistonda karantin qoidalariga rioya qilish uchun koronavirusdan tuzalganlardan ham niqob taqib yurishi kerak. Bu haqda AOKAdagi brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva maʼlum qildi.

Shtab aʼzosiga kasallikni yengil darajada oʻtkazgan fuqaro endi koʻchaga tibbiy niqobsiz ham chiqsam boʻladi degan savol bilan yuzlandi. U shifokorlar davolangandan soʻng kasallikka immunitet hosil boʻlishini aytishganini maʼlum qilgan.

“Kasallanib tuzalgandan soʻng immunitet hosil boʻladi, lekin bugungi kunda bizda karantin qoidalari boʻyicha niqobsiz yurish mumkin emas. Shuningdek, kasallikdan tuzalgan boʻlsangiz ham, hali organizmingiz tiklanmagan, tibbiy niqobsiz yurib boshqa yuqumli kasalliklarga chalinish imkoniyatingiz kuchayadi va siz boshqa kasallik bilan kasallanishingiz mumkin”, - dedi Ubaydullayeva.

Shu bois tibbiy niqobni karantin qoidalariga rioya qilgan holda taqib yurish talab etiladi.

Eslatib oʻtamiz, mamlakatda 25 martdan jamoat joylarida niqobsiz yurish taqiqlangan. Ushbu harakatni sodir etgan shaxs 1 mln 115 ming soʻm miqdorda jarimaga tortilishi mumkin.

Asosiy mavzular