18:45 18 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1148)
772 0 0

Sogʻayib ketgan odamlarda koronavirusga antitanachalarning yoʻqligi bu kasallik sirlaridan biri, deb hisoblaydi rossiyalik immunolog.

TOSHKENT, 10 avg - Sputnik. Koronavirusning yangi shtammi bilan ogʻrib chiqqan baʼzi bemorlarda infektsiyaga qarshi antitanachalar hosil boʻlmaydi. Bu haqda RFA akademigi, Sankt-Peterburg bosh immunologi, Paster nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori Areg Totolyan “Izvestiya” gazetasi bilan suhbatda aytdi.

Mutaxassis ushbu vaziyatni SARS-CoV-2 koronavirusining sirlaridan biri deb atadi.

"Biz COVID-19 dan sogʻaygan 200 dan ortiq bemorlarni kuzatib, ularni batafsil oʻrganib chiqmoqdamiz. Alohida eʼtiborni tashxis aniq qoʻyilganlarga, ammo turli ishlab chiqaruvchilarning besh hil sinov tizimidan kelib chiqqan holda antitanachalari ishlab chiqilmayotganlarga qaratmoqdamiz", - dedi immunolog.

Totolyanning iqror boʻlishicha, kasal boʻlgan bemorlarda antitanachalar yoʻqligi holatlari, ilgari shifokorlar kutgan holatlarga qaraganda koʻproq uchramoqda.

Mutaxassis taʼkidlashicha, antitanachalar odatda immunitet tanqisligi sharoitida ishlab chiqilmaydi, ammo hayotda bunday odamlar uncha koʻp emas. Shuning uchun kasal boʻlib chiqqanlarda koronavirusga qarshi antitanachalarning yoʻqligini diqqat bilan oʻrganish kerak, dedi u.

Shuningdek, mutaxassislarni koronavirusga sezgir boʻlmagan odamlar toifasi hayratga solmoqda.

"SARS-CoV-2ga sezgir boʻlmagan odamlar guruhi bor. Biz "qizil hududda 3-4 oylab yuzlab bemorlar bilan muloqotda boʻlib ishlagan baʼzi shifokorlarni sinchkovlik bilan tekshirib  chiqdik, lekin ularda antitanachalar aniqlanmayapti", - deb tushuntirdi u.

Immunologning fikriga koʻra, bunday odamlarni oʻrganish koronavirus bilan kurashishning universal vositasi haqida savolga javob beradi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1148)

Asosiy mavzular