19:45 18 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1149)
339610

Kanadaning Laval universiteti olimlari koronavirus bilan kurashishga yordam beradigan mahsulotlarni aniqladi.

TOSHKENT, 11 avg — Sputnik. Yongʻoq, malina, vino koronavirus infektsiyasi bilan kurashishga yordam beradi. AQSH milliy tibbiyot bibliotekasi xabariga asosan.

SARS-CoV-2 virusi hujayraga ACE2 fermenti orqali kiradi.

Ushbu oqsil oʻpka, yurak, buyrak va miya toʻqimalarida mavjud. Kanadaning Laval universiteti olimlari, tabiiy antioksidant boʻlgan resveratrolni koʻproq isteʼmol qilish organizmdagi ACE2 kontsentratsiyasini oshirish xususiyatini aniqlashdi.

Bu baʼzi mevalarda uchraydi, bu ularning turli xil stress holatlarga, shu jumladan haddan tashqari ultrabinafsha nurlanishiga, iqlimning keskin oʻzgarishiga, kasallik va parazitlarga nisbatan chidamliligini oshirishga yordam beradi. Resveratrol immunitetga taʼsiri tufayli COVID-19’ning ogʻirligini kamaytirishi mumkin.

Antioksidant uning tabiiy manbalaridagi tarkibiga mos keladigan kontsentratsiyada faol boʻladi. Resveratrol yalligʻlanishga qarshi taʼsirga ega. U qizil sharob, yeryongʻoq, pista, kakao, malina, uzum, chernika va klyukvada uchraydi. Ratsionga bu mahsulotlarni qoʻshish har qanday holatda ham foydali boʻladi, deydi mutaxassislar.

Qizil sharob, uzum, yeryongʻoq tarkibida resveratrol deyarli bir xil, shuning uchun koronavirusdan himoya qilish uchun spirtli ichimliklarni isteʼmol qilishni koʻpaytirish shart emas.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1149)

Asosiy mavzular