18:55 18 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
235 0 0

Mintaqaviy tahdidlarni oʻrganish markazining xavfsizlik boʻyicha mutaxassisi Viktor Mixaylov, 400 nafar tolib mahbuslarning ozod qilinishi va Afgʻoniston hukumatining murosaga tayyorligi haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

Mutaxassisning fikriga koʻra, bir necha yuz kallakesarning ozod qilinishi Afgʻonistonda, ayniqsa mamlakat shimolida vaziyatning orzu qilingan yaxshilanishiga olib kelishi katta shubha ostida.

“Ehtimol, bu qarorni qabul qilganlar yanada kengroq maʼlumotlar bazasi ega va ular biz bilmagan boshqa maʼlumotlarga tayanmoqda. Ehtimol, toliblar va ularning rahbarlari jangarilarni jilovlab tura olishadi", - deydi Mixaylov.

Suhbatdoshning soʻzlariga koʻra, ikki davlat rahbarlari oʻrtasidagi telefon muloqotidan soʻng, Oʻzbekistonda bunday qadam mamlakat ichidagi vaziyatni tinch yoʻl bilan hal qilinishini yaqinlashtiradi deb baholandi.

Ekspertning fikricha, “Tolibon”* rahbarlarining  ularning hozirgi hukumat bilan tinch yashashga tayyorligi toʻgʻrisidagi ogʻzaki bayonotlari, ularning hukumatda yetakchi lavozimlarni egallashni kutayotganligi bilan bogʻliq boʻlishi ham mumkin.

“Ehtimol, bu Afgʻonistondan kelib chiqayotgan tahdidni kamaytirishning yagona yoʻlidir. Ammo men chet el qoʻshinlari boʻlib turgan holda, ushbu vaziyatning tinchlik bilan hal boʻlishi ehtimolini koʻrmayapman”, - dedi Mixaylov.

Keyin mutaxassis, toliblar mahbuslar evaziga oʻz jangarilarini olishlariga kafolat olganiga qaramay, Afgʻonistonda teraktlar hamon davom etayotganiga eʼtibor qaratishni soʻradi. Shu munosabat bilan ekspert yaqin kelajakda Afgʻonistondagi vaziyatni tinch yoʻl bilan hal qilish boʻyicha hech qanday optimistik prognozga ega emasligini aytdi.

Batafsil sharhni radiopodkastda tinglashingiz mumkin.

* "Tolibon" - Rossiya va boshqa bir qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti

Mirnogo uregulirovaniya situatsii v Afganistane poka ne budet — Mixaylov

Asosiy mavzular