07:08 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1160)
167410

Oʻzbekistonning oltita viloyati, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasida karantin choralari yumshatilmoqda. Bunda ayrim shartlarga amal qilish belgilandi.

TOSHKENT, 12 avg - Sputnik. Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda Oʻzbekistonning yettita hududida karantin cheklovlari yumshatilmoqda.

Cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatilayotgan hududlar:

Nukus

10 avgustdan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi ruxsati bilan Nukus shahrida A.Dosnazarov, Toʻrtkoʻl guzari va Sharof Rashidov koʻchalari boʻylab avtobuslar qatnovi qayta tiklandi. Shuningdek, shu kundan boshlab Nukus savdo kompleksi faoliyatiga ruxsat berilgan.

Qoraqalpogʻiston Transport vazirligining maʼlum qilishicha, hozirda bozorga 9 yoʻnalishda 45ta avtobus qatnovi qayta tiklangan.

Buxoro va Fargʻona viloyatlari

Ayrim hududlarda karantin cheklovlari butun hudud, ayrimlarida esa muayyan tuman va shaharlar miqyosida yumshatilmoqda.

Bunda viloyatlarda umumiy ovqatlanish shoxobchalari (restoran va kafelarda banketlar hamda boshqa ommaviy tadbirlarni oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi), mehmonxonalar, individual shugʻullanish uchun trenajyor zallar, nodavlat taʼlim markazlari, toʻgaraklar (10 kishidan koʻp boʻlmagan guruh tashkil etib, mashgʻulotlar vaqtini oldindan kelishgan holda), nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, buyum, qurilish mollari savdosi va boshqa faoliyat turi bilan shugʻullanadigan bozorlar, sartaroshxona va goʻzallik salonlari faoliyatiga ruxsat berilgan.

Bozorlar, savdo majmualari, goʻzallik salonalari, sartaroshxonalar va xususiy bogʻchalar belgilangan karantin qoidalariga qatʼiy rioya etishi shart hisoblanadi.

Qashqadaryo viloyati

Avtotransport vositalarida maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishga, shuningdek, Qarshi shahriga kirish-chiqishga faqatgina kunning muayyan vaqtida (07.00 dan – 10.00 gacha, 18.00 dan – 21.00 gacha) tegishli hudud doirasida fuqarolarning ish joyiga borib-kelishi, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish uchun harakatlanishiga ruxsat beriladi.

Yoʻnalishsiz taksilar soni bugungi kunga nisbatan 2 barobarga koʻpaytiriladi va butun sutka davomida haratkatlanishiga ruxsat beriladi. Bunda avtotransport vositalarining harakatlanishi davomida santariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etish talab etiladi.

Viloyat maxsus komissiyasi qarorida keltirilgan cheklovlar maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida harakatlanadigan avtotransport vositalariga hamda Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 8 iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan ayrim toifadagi avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Yaʼni, maxsus ruxsatnoma (stiker), ayrim toifadagi avtotransport vositalari, "yashil yoʻlak" tizimi, Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari avtomashinalari va viloyat hokimligi tomonidan ishlab chiqarish, tadbirkorlik hamda sanoatni rivojlantirish boʻyicha tasdiqlangan avtotransport vositalari roʻyxat asosida harakatlanishi mumkin.

Namangan viloyati

Viloyatda 11 avgustdan boshlab karantin cheklovlarini yumshatishga kirishildi

Namangan shahar va tumanlar hududida hamda shahar (tuman)lararo yoʻnalishlarda jamoat transportida (avtobus, yoʻnalishsiz taksi) yoʻlovchi tashish faoliyatiga ruxsat beriladi. Bunda yoʻlovchilarni cheklangan soniga qatʼiy amal qilinishi va ish soati 22.00 yakunlanishi belgilab qoʻyiladi.

Hokimliklar huzuridagi Karantin cheklovlarini yumshatish va tadbirkorlik subʼyektlari faoliyatiga bosqichma-bosqich ruxsat berish boʻyicha tuzilgan maxsus ishchi guruhlar xulosasi asosida quyidagi faoliyat turlariga ruxsat beriladi:

Barcha turdagi ixtisoslashtirilgan bozorlar.

Umumiy ovqatlanish shaxobchalari. Oshxonalar soat 12.00dan 14.00 gacha, restoranlar esa soat 18.00 dan 21.00 gacha ishlashi mumkin. Banketlar hamda boshqa ommaviy tadbirlarni oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi;

Park va istirohat bogʻlari;

Mehmonxonalar;

Sport zallari, fitnes klub va trenajyor zallar (ijtimoiy masofani taʼminlash imkoniyati boʻlmagan jamoaviy sport turlarini oʻtkazmaslik tavsiya etiladi);

Davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;

Nodavlat taʼlim markazlari, toʻgaraklar (10 kishidan koʻp boʻlmagan guruhlar tashkil etib, mashgʻulotlar vaqtini oldindan kelishgan holda);

Barcha xizmat koʻrsatish obʼyektlari, jumladan, sartaroshxona va goʻzallik salonlari.

Mazkur muassasalar, tadbirkorlik subʼyektlari va majmualar faoliyatini yoʻlga qoʻyishda belgilangan shartlarga amal qilinishi lozim. Aks holda ularga nisbatan tegishli choralar koʻriladi va faoliyati toʻxtatiladi.

Oilaviy tantana, toʻy, maʼraka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisida 30 kishidan koʻp boʻlmagan hamda sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkazishga ruxsat beriladi.

Viloyat komissiyasi yigʻilishida ushbu yumshatish choralari joriy etilayotganini suisteʼmol qilmaslik, ommaviy tadbirlarga yoʻl qoʻymaslik, masofani saqlash, niqob taqish kabi birlamchi qoidalarga doimiy amal qilinishi zarurligi taʼkidlandi.

Navoiy viloyati

Bugundan, yaʼni 12 avgustdan eʼtiboran Navoiy shahridagi buyum bozorlari va buyum bozorlar atrofidagi yirik savdo nuqtalari oʻz faoliyatini boshlaydi.

Jarayonda tadbirkorlarning Navoiy shahar hokimiga qilgan murojaatlari inobatga olinib, ishchi guruh aʼzolarining ijobiy xulosasiga koʻra buyum bozorlar va savdo nuqtalari faoliyatiga ruxsat berildi.

Mazkur savdo nuqtalari faoliyatini karantin qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda olib borishi boʻyicha tegishli masʼularga koʻrsatma va topshiriqlar berildi. Xususan, xarid jarayonida fuqarolar oʻrtasida oraliq masofaga jiddiy eʼtibor qaratish, karantin talablariga asosan fuqarolarni bozor hududiga kirishini tashkil etish masalalariga oʻta masʼuliyat bilan yondashish lozimligi uqtirildi.

 

Samarqand viloyati

12 avgustdan Samarqand viloyatida quyidagilarga ruxsat etilmoqda:

Umumiy ovqatlanish obʼyektlari faoliyatiga: bunda banketlar va boshqa ommaviy tadbirlarni oʻtkazishga yoʻl qoʻymaslik sharti bilan), faoliyatini 8.00dan 20.00ga qadar tashkil etish, stollar oraligʻidagi 2 matrdan kam boʻlmagan ijtimoiy masofani taʼminlash, bir stol atrofida 4 kishidan koʻp boʻlmagan (10 kishidan koʻp boʻlmagan bir oila aʼzolari bundan mustasno) mijozlarni joylashtirish, xodimlarning tibbiy niqob va qoʻlqopda boʻlishi.

Nooziq-ovqat mahsulotlari chakana savdo doʻkonlari va zargarlik doʻkonlari faoliyatiga.

Sartaroshxona va goʻzallik salonlari faoliyatiga.

Mehmonxonalar faoliyatiga (xostellar va mehmon uylari bundan mustasno).

Ochiq sunʼiy qoplamali sport oʻyingohlariga, sport sektsiyalari, toʻgaraklari, sport zallari va fitness klublar faoliyati.

Taʼlim markazlari, toʻgaraklar (10 kishidan ortiq boʻlmagan guruh tashkil etib, vaqtini oldindan kelishgan holda).

Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatiga.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1160)

Asosiy mavzular