Ekspertlar dunyoda narxi eng tez ko‘tarilayotgan tovarlarni ma’lum qildi

Obuna bo‘lish
AQSh xom-ashyo birja savdo komissiya ekspertlari dunyoda narxi juda tez ko‘tarilayotgan mahsulotlarni ma’lum qildi.

TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Dunyoda narxi eng tez o‘sayotgan tovarlar - kakao, shakar, kahva va paxta hisoblanmoqda.

Blyudo s greskimi orexami - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusdan himoya qiladigan mahsulotlar aniqlandi

Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi AQSh xom-ashyo birja savdo komissiya ma’lumotlariga asosan xabar qildi.

May boshidan beri shakar 19 foizga oshdi, paxta esa yoz mavsumida 10 foizga qimmatladi.

Londonning ICE birjasida kakao 17 foizga (tonnasi uchun 2 488 $),  qahva esa 14 foizga (kilosi 2,47 $) ko‘tarildi.

Xabar qilinishicha, pandemiya boshlanishida bu mahsulotlarning narxi sezilarli darajada pasaygandi, ammo tez orada yana narxlar ko‘tarila boshladi. Ba’zi bir investorlar, talabning tiklanishi sharoitida yetkazib berishdagi cheklovlar narxlarni yanada ko‘tarishiga olib keladi, deb taxmin qilmoqdalar.

Dollarning pasayishi ushbu tovarlar narxini ko‘taruvchi omillardan biri hisoblanadi, chunki AQSh valyutasida baholangan xom ashyoni import qiluvchi-davlatlarga sotib olishni yengillashtiradi.

Yangiliklar lentasi
0