23:11 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1173)
436 0 0

Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy tadqiqot markazi bilan birgalikda ishlab chiqargan COVID-19 profilaktikasi boʻyicha dunyodagi birinchi vaktsinasini roʻyxatga oldi.

TOSHKENT, 12 avg - Sputnik. Koronavirusga qarshi vaktsinaning birinchi qutilari ikki hafta ichida chiqariladi, shundan keyin u qoʻllanila boshlaydi, deb xabar qildi RIA Novosti Sogʻliqni saqlash vazirligining bayonotiga asosan.

Xususan, vazir Mixail Murashko taʼkidlashicha, vaktsina yaratilgan platforma allaqachon yaxshi oʻrganilgan va uning asosida dori vositasini yaratish eng maqbul yoʻl.

"Vaktsinaning ushbu platformasidan allaqachon sintezlash va ishlab chiqarish uchun foydalanilgan va hozirda dorilarning bir qismi klinik sinovlar va tadqiqotlarda. Yaʼni, bu vaktsina allaqachon platforma sifatida yaxshigina maʼlum va oʻrganilgan. U boʻyicha klinikadan oldin va klinik tadqiqotlar va uning roʻyhatga olinishi amalga oshirilib boʻlgan. Shuning uchun, bu deyarli eng xavfsiz usul va yetarli miqdordagi ilmiy bilimlar", - dedi Murashko COVIDga qarshi birinchi roʻyxatga olingan vaktsina boʻyicha brifingda.

Shu munosabat bilan bu dorining chet elda paydo boʻlgan tanqidlari asossiz, dedi vazir.

11 avgust kuni Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi Rossiyaning toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar Jamgʻarmasi, Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy tadqiqot markazi bilan birgalikda ishlab chiqargan COVID-19 profilaktikasi boʻyicha dunyodagi birinchi vaktsinasini roʻyxatga oldi.

Vaktsinani birinchi boʻlib fuqarolarning yuqtirish xavfi yuqori guruhiga kiruvchilar - tibbiyot xodimlari va oʻqituvchilar oladi.

Chorshanba kuni ertalab Sputnik radiosi Rossiyada koronavirusga qarshi vaktsinani roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha BSST qanday izoh berganini xabar qildi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1173)

Asosiy mavzular