23:35 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
220 0 0

Prezident qarori bilan Soʻx tumani “Novobod” mahalla fuqarolar yigʻinidagi 10 gektarda kichik aeroport tashkil etilmoqda.

TOSHKENT, 12 avg — Sputnik. Soʻx tumanida samolyot va vertolyotlar uchish-qoʻnish maydonchasi tashkil etish ishlari boshlandi. Bu haqda bosh vazir Abdulla Aripovning tuman faollari bilan boʻlib oʻtgan yigʻilishda maʼlum qilindi.

Soʻx tumani hokimligi axborot xizmati xabariga koʻra, tumandagi “Novobod” mahalla fuqarolar yigʻini hududida kichik aeroport tashkil etilmoqda. Mazkur maydon salkam 10 gektar maydonni egallaydi. Bu yerdan ilgari mahalliy aholi aeroport sifatida foydalangan.

Aviaqatnovlarga Oʻzbekistondagi “Humo Air” aviakompaniyasining An-2 samolyoti hamda “Oʻzbekiston havo yoʻllarining” “Uzbekistan Helicopters” MCHJga qarashli MI-8 vertolyotlarini jalb qilish koʻzda tutilmoqda.

An-2 samolyoti 12 ta yoʻlovchi sigʻimiga, MI-8 vertolyoti esa 16 nafardan 20 nafargacha odam olish imkoniyatiga ega hisoblanadi.

Yoʻlovchilar 35-40 daqiqada Fargʻonadan Soʻxga yoki Soʻxdan Fargʻonaga yetib olish imkoniyatiga ega boʻladi. Parvozlarni hozircha kuniga 2 tadan amalga oshirish moʻljallanmoqda. Kelgusida talabga qarab parvozlar koʻpaytirilishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Fargʻona shahridan Soʻx tumaniga kichik aviatsiya transportida parvozlar yoʻlga qoʻyilishi xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular