15:06 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
38210

Vektor texnologiyasi yordamida yaratilgan vaktsinalar ikki yilgacha oʻz taʼsirini saqlab qolishi mumkin, ammo har bir alohida holatda bu muddat boshqacha boʻlishi mumkin, deydi yuqumli kasalliklar shifokori Georgiy Vikulov.

Kuni kecha RF Sogʻliqni saqlash vazirligi koronavirusdan mamlakatda va dunyoda birinchi vaktsinani roʻyxatga oldi.

Gamaleya nomidagi milliy tadqiqot markazi olimlari tomonidan odam adenovirusi asosida vektorli ikki komponentli preparat ishlab chiqarildi. Vaktsina hayvonlarning bir nechta turlari (kemiruvchi va maymunlar), soʻngra 76 koʻngillida sinaldi.

Preparat oʻzining xavfsizligi va samaradorligini koʻrsatdi - barcha sinalganlarda COVID-19’ga qarshi immunitetni shakllantirdi.

Vaktsinaning klinik sinovlari roʻyxatdan oʻtganidan keyin ham davom etadi, dedi Virusli infektsiyalarning oldini olish va davolash ilmiy markazi direktori, tibbiyot fanlari nomzodi Georgiy Vikulov.

“Vaktsinatsiya bir necha kundan keyin emas, balki bir necha oy haqida gap ketmoqda. Roʻyxatga olishdan oldingi talablar, avvalgidek, qanday boʻlsa shundayligicha saqlanib qolmoqda, roʻyxatga olish old tadqiqotlar oʻtkazilmoqda. Ammo odamlarning maʼlum bir qismida. Shundan soʻng, keng miqyosli tadqiqotlar, shu jumladan jamoaviy immunitetni baholash amalga oshiriladi. Biz uchun nafaqat samaradorlik, balki xavfsizlik ham muhimdir. Nafaqat erta, balki uzoq davrda ham ahamiyatga ega”, - dedi shifokor Sputnik radio efirida.

Uning soʻzlariga koʻra, ayni vaqtda Rossiyada 17 ta preparat ishlab chiqilmoqda, ulardan ikkitasi “final”ga chiqdi. Yaratilgan vaktsina bir necha yilga immunitetni shakllashtirishi mumkin.

“Vektor texnologiya asosida yaratilgan vaktsinalar ikki yilgacha immunitetni saqlab turishi mumkin. Ammo bu nazariyada. COVID-19 bilan qanday boʻlishini hayot koʻrsatadi. Chunki bu kasallikni kuzatish jarayoni 8 oydan ortiq emas. Bundan tashqari, odamlarning bir foizigina vaktsinaga javob bermaydi, inson biologiyasi shunday”, - dedi Vikulov.

Ekspertning batafsil izohini radipodkastda tinglashingiz mumkin.

Vikulov: rossiyskaya vaktsina ot COVID-19 mojet formirovat immunitet do dvux let

 

Asosiy mavzular