12:58 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1163)
273 0 0

Masjidlarda vaqtincha juma namozi ado etilmaydi, diniy tashkilotlar faoliyatiga har kuni dezinfektsiya ishlarini amalga oshirish hamda qatʼiy ijtimoiy masofani saqlash cheklovlariga rioya etilishini taʼminlagan holda ruxsat beriladi.

TOSHKENT, 12 avg - Sputnik. Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan shu yil 17 avgust, dushanba kunidan eʼtiboran Oʻzbekistondagi barcha diniy tashkilotlar oʻz faoliyatini qayta davom ettiradi. Diniy tashkilotlar faoliyatiga har kuni dezinfektsiya ishlarini amalga oshirish hamda qatʼiy ijtimoiy masofani saqlash cheklovlariga rioya etilishini taʼminlagan holda ruxsat beriladi.

Shuningdek, Din ishlari boʻyicha qoʻmita va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati rasmiy bayonotida diniy tashkilotlarda juma va shanba-yakshanbalik diniy xizmatlarni vaqtinchalik amalga oshirmaslik talab etilishi aytilgan.

Quyidagi muhim tavsiya va talablarga soʻzsiz amal qilish, masjidlar faoliyatining davomli boʻlishiga asosiy omil boʻladi:

- masjidlarning kirish joyini dezinfektsion "toʻshak"lar bilan jihozlash, birlamchi dezinfektsiyalash vositalari, pirometrlar (kontaktsiz harorat oʻlchagich) bilan taʼminlash;

- har bir fuqaro masjid ichida tibbiy niqobda boʻlishi, hududga kirishda qoʻllarini dezinfektsiyalash vositasidan foydalanishi;

- masjidga tashrif buyurgan har bir shaxsning kasallik alomatlarini tekshirish (harorat oʻlchash va tashqi alomatlar), tana harorati 37ºS va undan yuqori boʻlgan holatda fuqarolarni alohidalash va 103 telefon raqami orqali tez tibbiy yordamga xabar berish;

- ibodat vaqtida ijtimoiy masofalanishni saqlash, fuqarolar orasidagi masofani 1,5 metr etib belgilash (maxsus chiziqlar yordamida kataklarga ajratgan holda);

- har bir masjidning kirish qismiga kasallikdan saqlanish, hududda karantin talablariga qatʼiy amal qilish, xususan, 65 yoshdan katta fuqarolarni masjidlarga vaqtincha tashrif buyurmay turishlari tavsiya etilishi toʻgʻrisidagi axborot lavhalarini oʻrnatish;

- masjid maʼmuriyati tomonida ish faoliyatni karantin davrida tashkil etish boʻyicha tegishli buyruq va ichki tartiblarni ishlab chiqish (bunda yoshi 65 yoshdan ulugʻ fuqarolarni vaqtincha tashrif buyurmay turishlarini tavsiya etish);

- masjidlarda juma namozini vaqtincha ado etmaslik;

- hududiy Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari tomonidan masjidlarning barcha xodimlari bilan tushuntirish ishlarini tashkil etish;

- ushbu xizmat tomonidan belgilangan muddatda (har 3 kunda yoki haftada bir marotaba) masjidlardagi sanitariya-epidemiologik holatni oʻrganish va tavsiyalar berish;

- masjidlar binolari va hududini har kuni dezinfektsiya qilish, xonalarni shamollatish;

- masjidga kirish va chiqish joylarida aholining toʻplanishiga qatʼiy yoʻl qoʻymaslik;

- tahoratxonadan faqat zarur sharoitlar yaratilgan (bir martalik sochiq-salfetka, antiseptik vositalar, suyuq sovunlar bilan taʼminlash, qisqa muddatlarda dezinfektsiya qilish), ijtimoiy masofalanishni saqlagan holda foydalanish kabi tartib-intizomlar alohida taʼkidlanadi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1163)

Asosiy mavzular