23:13 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
527 0 0

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 15 avgustdan keyin bir qator karantin cheklovlari saqlab qolinadi.

TOSHKENT, 13 avg — Sputnik. Oʻzbekistonda 15 avgustdan boshlab karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatiladi. Shu bilan birga, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan qator cheklovlar saqlab qolinadi.

Quyidagi karantin cheklovlari (taqiqlar) 2020 yil 15 avgustdan keyin ham saqlab qolinishi belgilandi:

  • fuqarolarning jamoat joylarida ijtimoiy masofani (2 metr) saqlashi, tibbiy niqobda boʻlishi. Sanitar talablar buzilgan taqdirda qatʼiy choralar (jarimaga tortish) koʻriladi;
  • tana harorati 37°S va undan yuqori boʻlgan yoxud infektsiya alomatlari mavjud boʻlgan fuqarolarning jamoat joylariga chiqmasligi;
  • davlat organlari, tashkilotlarida yigʻilishlar oʻtkazishni taqiqlash, zarur hollarda yigʻilishlarni videokonferentsaloqa rejimida oʻtkazish;
  • tomosha, madaniy-koʻngilochar (teatr, kinoteatr, kontsert zallari, toʻyxonalar, faoliyati) va ommaviy tadbirlar oʻtkazish;
  • parklar va istirohat bogʻlaridagi attraktsionlar faoliyati;
  • umumiy ovqatlanish obʼyektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) faoliyati (ochiq havoda xizmat koʻrsatuvchi umumiy ovqatlanish obʼyektlari bundan mustasno);
  • tungi klublar, diskoteka, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) va kompyuter oʻyinlari markazlari faoliyatiga yoʻl qoʻymaslik;
  • 65 yoshdan oshgan shaxslarning “oʻzini oʻzi yakkalash” hayot tarzida yashashini tavsiya etish va ogohlantiruvchi targʻibot ishlarini amalga oshirish;
  • yoʻnalishsiz taksilarda yoʻlovchi tashish uchun avtotransport vositasi salonida haydovchi oʻrindigʻi yoʻlovchilar oʻrindigʻidan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan toʻsilgan boʻlishi, haydovchi va yoʻlovchi tibbiy niqobda boʻlishi (tibbiy niqobsiz yoʻlovchini tashish taqiqlanadi), yoʻlovchilarni avtotransport vositasi saloni orqa oʻrindigʻiga oʻtkazilishi hamda faqat oʻz (avtotransport vositasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan) hududida harakatlanish.

Davlat organlari va muassasalarining binolari, shu jumladan, xizmat xonalari mavjud sharoitlardan kelib chiqib, havoni zararsizlantirish tizimi bilan bosqichma-bosqich jihozlanadi.

Asosiy mavzular